Avstraliyada ötayotgan Tour Down Under velopoygasi vaqtida bir juft kenguru velosipedçilar yöliga sakrab çiqişi köplab velosipedçilarning ağdarilişiga sabab böldi, deb xabar berdi ABC telekanali.

Hodisa Sterling şahrida musobaqaning beşinçi bosqiçi ötkazilayotganda, marraga 100 km qolganida sodir böldi. Kutilmaganda ikki kenguru poygaçilar yöliga sakrab çiqdi va bu velosipedçilarning ommaviy yiqilişiga olib keldi.

«Mendan hamma Avstraliyada eng xavfli narsa nima deb söuraydi va men doim kenguru deb javob beraman. Ular butalar orasida berkinib turadi va oldingga sakrab çiqadi. Bugun bu yana bir bor isbotlandi», — dedi velosipedini darhol almaştirişga ulgurgan va poygada ğolib bölgan UAE Team Emirates-XRG jamoasi a’zosi Jyey Van.

Tour Down Under — Janubiy Avstraliyada har yili ötkaziladigan bir neça kunlik şosse velopoygasi bölib, yanvarning ikkinçi seşanbasida boşlanadi va olti bosqiçdan iborat böladi. Uşbu musobaqa ilk bor 1999 yilda ötkazilgan.