«Poyganing bu bosqiçida maqsadlarimiz va ideallarimizga işonçni saqlab qolişning eng ma'qul yöli — çetga çiqiş va partiyamiz hamda mamlakatimiz birlaşişiga yordam berişdir. Şunday ekan, bugun men qiyin qaror qabul qildim va prezidentlik uçun kampaniyamni töxtatdim», — deya Buttijiçning sözlarini keltirmoqda CNN.

U aynan nima uçun poygani tark etayotganiga izoh bermagan. The New York Times naşri buni uning Janubiy Karolinadagi praymerizda mağlub bölişi bilan boğlamoqda, Buttijiç bu ştatda 8,2 foiz ovoz bilan törtinçi bölgandi.

Ayni vaqtga kelib Demokratik partiya AQŞning törtta ştatida praymeriz va kokuslar ötkazib ulgurdi. Pit Buttijiç fevral oyi boşida Ayovada ötkazilgan partiyaning içki yiğilişida birinçi bölgandi, keyin Nyu-Hempşirda ikkinçi, Nevadada uçinçi örinni egallagandi.

Qayd etiş kerakki, Demokratik partiya Ayovadagi kokus natijalarini aniqlaşda muammoga duç kelgan va natijalar e'lon qilinişi keçikkandi. Bunga ovozlarni hisoblaşda qöllangan mobil ilovadagi nosozlik sabab bölgan. Xabarlarga köra, bu ilova Buttijiç bilan hamkorlik qilgan kompaniya tomonidan işlab çiqilgandi.

  • Praymerizlarda hozirça senator Berni Sanders 58 delegat ovozi bilan yetakçilik qilmoqda. Sobiq vitse-prezident Jo Bayden esa Buttijiç poygani tark etgandan söng 50 delegatning ovoziga ega bölib, ikkinçi örinda bormoqda.
  • Bu safar 3 mart kuniga töğri kelayotgan «superseşanba»da bir vaqtning özida 14ta ştatda, jumladan, Kaliforniya va Texasda partiya delegatlari ovoz berişadi, şu kuni umumiy ovozlarning uçdan biri, 1357ta ovoz taqsimlanadi.
  • Noyabr oyidagi bölib ötadigan hal qiluvçi saylovda demokratlar partiyasining nomzodi sifatida qatnaşiş uçun kamida 1991ta delegat ovoziga ega böliş talab etiladi.