Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston Toşkentda bölib ötgan yiğilişda vegetatsiya davri uçun suv-energetika rejimi böyiça kelişib oldi. Bu haqda Qozoğiston Energetika vazirligiga tayanib Kazinform xabar berdi.
Toşkentda Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston energetika va suv resurslari böyiça mas’ul vazirlarning rejalaştirilgan uç tomonlama uçraşuvi bölib ötdi. Natijada energetika obektlarining kelişilgan iş rejimlari va Sirdaryo havzasidagi suvni kelgusi vegetatsiya davrida taqsimlaş tartibini belgilovçi bayonnoma imzolandi.
Ta’kidlanişiça, bayonnomaning imzolanişi suv resurslaridan muvozanatli foydalaniş va Markaziy Osiyo energetika tizimlarining barqaror işlaşini ta’minlaşga qaratilgan uç davlatning doimiy hamkorligi doirasidagi muhim qadamdir. Har bir vegetatsiya davri oldidan bunday rejimlarni muhokama qiliş va kelişiş mamlakatlarga hozirgi gidrologik holati va suv-energetika resurslariga bölgan ehtiyojini hisobga oliş imkonini beradi.
Şuningdek, uçraşuvda tomonlar bir qator uzoq muddatli strategik loyihalar böyiça maslahatlaşuvlarning borişini muhokama qildi. Xususan, Qozoğiston, Özbekiston va Qirğiziston örtasida Qambar-Ota GES-1 qurilişi böyiça muzokaralar rejalaştirilganidek davom etayotgani, Ozarboyjon, Qozoğiston va Özbekiston iştirokida amalga oşiriladigan Kaspiy energetika koridorini yaratiş loyihasi ustida iş olib borilayotgani ta’kidlandi.












