Çjantan-1 quduği mamlakat şimoli-ğarbidagi Şinjon-Uyğur avtonom rayonining Vensu uyezdida joylaşgan. Burğilaş işlari 2-oktabr kuni yakunlangan.

Bu Xitoyda töliq mahalliy işlanmalar asosida yaratilgan, 12 ming metrgaça çuqurlikda işlaşga möljallangan burğilaş qurilmasi yordamida qazilgan ikkinçi öta çuqur quduqdir.

Quduq orqali Tarim havzasining çuqur qatlamlarida neft va gaz töplanişi mumkin bölgan yirik geologik tuzilmalar örganiladi. Izlanişlardan maqsad - uglevodorod zaxiralarini köpaytiriş uçun istiqbolli yangi hududlarni aniqlaş.

Işlatilgan burğilaş qurilmasining pölat minorasi 82 metr balandlikka ega. U 6 ming ot kuçiga teng burğilaş lebyodkasi - yuk kötariş mexanizmi bilan jihozlangan. Qurilmaning kötariş tizimi 900 tonnagaça yukni kötariş imkoniyatiga ega.

Intellektual boşqaruv tizimi esa burğilaşning barça bosqiçlaridagi operatsiyalarni avtomatlaştirişga xizmat qiladi.

Mazkur uskunaning yaratilişi Xitoyga 10 ming metrdan ham çuqur quduqlarni burğilaşda mahalliy texnologiyalardan foydalaniş imkonini bergan. Yangi quduqning amaldagi çuqurligi 8 345 metr bölsa, qurilmaning loyihaviy imkoniyati 12 ming metrgaça yetadi.

Hozirga qadar Tarim neft konida çuqurligi 8 ming metrdan oşadigan 270 dan ziyod quduq burğilangan. Bu Xitoydagi şunday quduqlarning yarmidan köpini taşkil etadi.

2025-yilda mazkur hududda Şendike-1 quduğini burğilaş ham yakunlangan edi. Uning çuqurligi 10 910 metrga yetgan.