Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 aprel kuni Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi (OQXJ) ta’sisçi davlatlari rahbarlari kengaşining Ostona şahridagi navbatdagi yiğilişida iştirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, Qozoğistonning 2023-2026 yillarda OQXJ raisligi natijalari sarhisob qilinib, Orol dengizi havzasida ekologiya, suv resurslarini boşqariş va ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxşilaşning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Özbekiston prezidenti öz nutqida Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi noyob mintaqaviy tuzilma sifatida faoliyat yuritib kelayotganini, Markaziy Osiyoda suv taqçilligining kuçayişiga sabab bölayotgan iqlim özgarişlari va suv iste’moli köpayib borayotgan şaroitda uning roli va ahamiyati yanada ortayotganini ta’kidladi.

OQXJ yiğilişida Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ham sözga çiqdi.

Tadbir yakunida yetakçilar Ostona bayonotini, Qozoğiston raisligining borişi töğrisida, 26 martni Xalqaro Orol dengizi, Amudaryo hamda Sirdaryo kuni deb e’lon qiliş töğrisida hamda Özbekiston yetakçisini 2027-2029 yillarda jamğarma prezidenti etib saylaş töğrisidagi qarorlarni imzoladi. 2027 yildan Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik Özbekistonga ötadi.