Orol dengizining qurişi nafaqat ekologik halokatga, balki önlab yillar davomida dengiz tubidagi çökindilarda saqlanib kelgan ulkan miqdordagi uglerodning çiqişiga ham olib keldi.

 

Tadqiqotçilarning hisoblaşiça, 1960-yillardan buyon qurigan dengiz tubidan atmosferaga taxminan 748 million tonna karbonat angidrid çiqqan bölişi mumkin, deb yozdi NG24. Ta’kidlanişiça, Orol dengizi köp yillar davomida uglerodning tabiiy ombori bölib kelgan. Ösimliklar va organizmlar nobud bölgaç, suv havzasida hosil bölgan organik moddalar tubiga çökib, çökindilarda töplangan.

 

Biroq suv havzasining keng kölamda qurişi bilan bu jarayon özgardi. Quruqlikda qolgan çökindilar havo bilan aloqaga kirişa boşladi, ulardagi uglerod esa asta-sekin atmosferaga qaytmoqda.

 

Ispaniyalik tadqiqotçilar guruhi 2022-yilda ekspeditsiya ötkazdi. Olimlar 14 ta joydan dengiz tubi çökindilaridan namunalar olib, sobiq dengiz tubidan çiqayotgan karbonat angidrid oqimini ölçadi.

 

Bundan taşqari, mutaxassislar uglerodning izotop tarkibini örgandi. Bu ajralayotgan CO₂ haqiqatan ham ilgari dengiz tubi çökindilarida töplangan organik moddalardan kelib çiqayotganini aniqlaş imkonini berdi.

 

Tadqiqotçilar ösimlik qoplami va şamol eroziyasi kölamini ham baholadi. Olingan natijalar qurigan dengiz tubi avval kömilgan organik materialdan karbonat angidrid çiqarişda davom etayotganini tasdiqladi.

 

Olimlarning hisob-kitoblariga köra, Orol dengizining keng kölamli qurişi boşlanganidan beri uning tubidagi çökindilardan qariyb 748 million tonna CO₂ ajralib çiqqan.

 

Şu bilan birga, tuproqda hali ham organik moddalar qolmoqda va ulardan çiqişi mumkin bölgan gazlar hajmi yana taxminan 605 million tonna karbonat angidridga baholanmoqda.