Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 aprel kuni Qozoğistonning Ostona şahrida Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi ta’sisçi davlatlari rahbarlari kengaşi majlisida iştirok etdi va nutq sözladi.

Davlat rahbari uşbu jamğarma mamlakatlar mustaqilligining ilk davrida Markaziy Osiyodagi suv bilan boğliq, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sohalardagi eng muhim masalalarni hal etiş uçun taşkil etilgan noyob mintaqaviy tuzilma bölib qolayotganini ta’kidladi.

«Jamğarma mintaqada sifat jihatdan yangi davlatlararo munosabatlarni qaror toptiriş, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşga katta hissa qöşdi. Yölga qöyilgan özaro hamkorlik tizimi tufayli Jamğarma Orol dengizi havzasi suv resurslarini kelişilgan holda boşqarişni ta’minlaşga erişdi. Markaziy Osiyoda suv taqçilligining kuçayişiga olib kelayotgan iqlim özgarişlari va suv iste’moli köpayib borayotgan şaroitda Jamğarmaning roli va ahamiyati yanada ortib bormoqda», dedi Mirziyoyev.

Ekspertlarning baholariga köra, 2040 yilga borib, Orol dengizi havzasida suv resurslari taqçilligi deyarli ikki barobar – yiliga 20 milliard kub metrgaça oşişi mumkin. Bu içimlik suvi ta’minoti, ekologiya, agrar sektor, energetika va ijtimoiy barqarorlik uçun qöşimça xavf-xatarlarni yuzaga keltiradi.

«Şunday bir paytda mamlakatlarimiz suv resurslaridan foydalaniş samaradorligi böyiça eng quyi örinlarni egallab turibdi. Qişloq xöjaligida bir dollar miqdoridagi qöşilgan qiymatni yaratiş uçun davlatlarimiz deyarli uç kub metr suv sarf etmoqda, dunyoda esa bu körsatkiç örtaça ikki barobar kam. Mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat bizdan suv-energetika va ekologiya sohalarida puxta öylangan hamda kompleks yeçimlarni birgalikda işlab çiqiş va amalga oşirişni talab etadi», dedi Mirziyoyev.

Ta’kidlanişiça, 2027 yildan Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik Özbekistonga ötadi. Prezident raislikning ustuvor yönalişlari haqida ma’lumot berdi.

«Birinçi. Jamğarmaning faoliyatini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş. Yaratilgan poydevor asosida Jamğarmaning tuzilmasi va şartnomaviy-huquqiy bazasini takomillaştirişni davom ettiriş, uning organlari vakolatlarini aniq taqsimlaşni ta’minlaş zarur. Jamğarma organlarining vakolatlarini kengaytiriş, maqomi va mas’uliyatini oşiriş böyiça takliflarni qöllab-quvvatlaymiz. Işonçim komilki, uşbu masalalarning barçasi böyiça oqilona murosaga kelamiz.

Ikkinçi. Jamğarma kun tartibini Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari qarorlari bilan uyğunlaştiriş. Maslahat uçraşuvlari mintaqaviy rivojlanişning asosiy siyosiy yönalişlarini şakllantirmoqda. Şu bois, mazkur sammitlar qarorlari va Jamğarma faoliyati örtasida yaqin aloqani ta’minlaş muhimdir.