Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi xizmati Namangan viloyatida bir kunda ötkazilgan reydlarda minglab qoidabuzarliklarni aniqladi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 24 soat içida 2000 dan ortiq yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buziş holatlari qayd etilgan bölib, 756 ta transport vositasi jarima maydoniga qöyilgan.
Ular orasida 394 ta holatda tegişli hujjatsiz avtomaşina boşqariş, 45 ta holatda voyaga yetmaganlarga transport vositasini noqonuniy ijaraga beriş, 131 ta holatda svetoforning qizil çiroğida harakatlaniş kabi qoidabuzarliklar mavjud.
Namanganda maktab öquvçilariga avtomobilni ijaraga beriş “biznesi” gullayotgani haqida Kun.uz bir neça bor yozgandi. Xususan, 17 aprel kuni “Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bölayotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yöqotdimi?” sarlavhali maqola e’lon qilingan.
Bir neça kun oldin esa prezident Namanganda maktab öquvçilariga avtomobilni ijaraga beriş avj olganini tanqid qilib, oqibatda köplab yoşlar majruh bölib qolayotgani, ölim holatlari ham köpligini aytdi.












