Ijtimoiy himoya milliy agentligiga köra, 2025 yil I-çorak davomida jami 17 878 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yuridik yordam va huquqiy maslahatlar körsatilgan. Xususan, xizmat turi böyiça:
- 1 162 nafar şaxsning manfaatlarida fuqarolik va ma’muriy sudlarga da’vo arizasi kiritilgan yoki yozib berilgan;
- 470 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatlarini közlab davlat organlari va taşkilotlariga talabnoma kiritilgan;
- 16 246 nafar şaxsga ijtimoiy xizmat va yordamlarni körsatiş sohasida huquqiy tuşuntiriş va maslahat (konsultatsiya) beriş xizmatlari körsatilgan.
Aholi toifalari böyiça esa yuqori körsatkiçlar:
- kam ta’minlangan oilalarning a’zolari — 12 662 nafar (70,8 foiz);
- nogironligi bölgan şaxslar — 1 758 nafar (9,8 foiz);
- tazyiq va zöravonlikka uçragan xotin-qizlar — 2 317 nafar (13 foiz);
- özgalar parvarişiga muhtoj şaxslar — 460 nafar (2,6 foiz);
- yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar — 260 nafar (1,5 foiz);
- ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan, şu jumladan taşqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalar — 122 nafar (0,7 foiz);
- muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslar — 94 nafar (0,5 foiz);
- boşqa ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari — 206 nafar (1,1 foiz) qayd etildi.











