ITALIYa: Kim çempion?

Italiyada çempion nomidan tortib, yevrokuboklarda qatnaşadigan örinlar, ligani tark etadigan jamoalar ham hali aniq emas. Hammasi bugun boşlanadigan sönggi turda hal böladi.

23 may. Komo – INTeR, NAPOLI – Kalyari. Öyinlar vaqti 23:45

37-turdan söng “Napoli” 79 oçko bilan peşqadamlik qilayotgan bölsa, “Inter” hisobida 78 oçko bor. Demak öz maydonida “Kalyari” ustidan ğalaba qozonsa, Antonio Konte şogirdlari öz tarixida törtinçi, sönggi uç yilda esa ikkinçi marta Italiya çempioniga aylanişadi. “Inter” Komodagi qiyin öyinda ğalaba qozonişi va “Napoli”ning oçko yöqotişidan umid qilişiga töğri keladi.

Mavsum yakuni böyiça oçkolar teng bölib qoliş ehtimoli ham kiçik bölsa-da bor. Buning uçun “Napoli” yutqazib, “Inter” durang öynaşi kerak böladi. U holda çempionlik uçun alohida “Oltin uçraşuv” taşkil qilinişi közda tutilgan. Öyin boşqa körsatkiçlar böyiça yaxşiroq bölgan jamoa maydonida böladi. “Inter” va “Napoli” örtasidagi ikkala öyin ham durang bölgani sababli, töplar nisbati böyiça yaxşiroq bölgan “Inter” maydonida.

Yana bir qiziq fakt. Kim çempion bölişidan qat’i nazar öşa jamoa boş murabbiyi buni zaxira örindiğidan turib kuzata olmaydi. Indzagi ham, Konte ham 37-turda hakamlar tomonidan maydondan çetlatilişgan va bu turga diskvalifikatsiyaga egalar.

ITALIYa: Ligani kim tark etadi?

Qiziği, bu tomonda ham boşqaça “oltin uçraşuv”, aniqroği, pley-off taşkil qilinişi mumkin. Reglament böyiça agar 17 va 18 örindagi jamoalar bir xil oçko töplaşsa, boşqa körsatkiçlardan qat’i nazar uy-safar tizimida ikki öyin ötkazilib, omadsiz jamoa aniqlanişi kerak böladi. Agar biratöla uç jamoa bir xil oçkoga ega bölib qolsa, qöşimça körsatkiçlar (özaro öyinlar, töplar nisbati va hokazo) böyiça eng yaxşisi aniqlanib, qolgan ikki jamoa örtasida pley-off ötkaziladi. Qiziği, har ikki variant ehtimoli ham mavjud bölib, hatto biratöla 4 jamoa teng oçko töplab qolişi ham mumkin.

25 may, yakşanba, 23:45.

Atalanta – PARMA, EMPOLI – VeRONA, Latsio – LeÇÇe, VeNeTsIYa – Yuventus.

Mana şu 4 öyinda qatnaşadigan beş jamoadan ikkitasi ligadan tuşib ketişi kerak. Misol uçun agar “Empoli” “Verona” ustidan ğalaba qozonib, “Leççe” “Latsio”ni yutadigan bölsa, hamda “Parma” “Atalanta” bilan durang öynasa, biratöla 4 jamoada bir xil – 34 tadan oçko bölib qoladi va yuqorida tilga olingan variant yuzaga kelişi mumkin.

YaNA ITALIYa: Çempionlar Ligasining törtinçi iştirokçisi kim böladi?

Ayni paytda “Yuventus”da 67, “Roma”da 66 va “Latsio”da 65 oçko mavjud bölib, şulardan eng yaxşisi 4-örinni qölga kiritib, kelasi yili Çempionlar Ligasida iştirok etiş huquqini qölga kiritadi.

25 may, yakşanba. 23:45.

YuVeNTUS – Venetsiya, Torino – ROMA, LATsIO – Leççe

“Yuventus” öz maydonida autsayderni yutsa kifoya, törtinçi örinni naqd qilib, yöllanmani qölga kiritadi. Mabodo durang öynaydigan bölsa, “Roma”ning yutolmasligidan umid qilişi mumkin. Bu yerda “Latsio”ning ğalabasi halaqit qilmaydi, zero u holda “Yuventus” bilan teng – 68 tadan oçko jamğarilganda, özaro öyinlar böyiça turinliklarda ustunlik bor.

Eldor Şomurodovning kelasi mavsumda YeÇL da öynaşi uçun “Roma” Turinda ğalaba qozonişi, “Yuventus” esa ğalaba qozona olmasligi kerak böladi. Rimliklar durang bilan ham törtinçi öringa kötarilişi mumkin, lekin ehtimoli juda kam – buning uçun “Yuventus” 4 töp farqi bilan “Venetsiya”ga yutqazişi kerakki, bu faqat nazariy tomondan mavjud variant xolos.

“Latsio”ning ham Çempionlar Ligasiga çiqiş imkoniyati bor. Buning uçun “Latsio” öz öyinini yutişi, şu bilan birga “Yuventus”ning yutqazişidan, “Roma”ning esa yuta olmasligidan umid qilişiga töğri keladi.

ISPANIYa: Segundaga oxirgi nomzod

Yuqori örinlar ötgan haftada taqsimlanib bölindi. Sönggi tur Yevropa Ligasi iştirokçilaridan taşqari, yana bir muhimroq savolga javob beradi: qutqaruvçi 17-örin kimga nasib qiladi?

Ayni damda “Espanol”da 39, “Leganes”da 37 oçko bor. Özaro öyinlar böyiça “Leganes”da ustunlik ekanidan kelib çiqsak, kataloniyaliklar sönggi turda ğalaba qozonişi şart. “Espanol” “Las Palmas”ni, “Leganes” esa “Valyadolid”ni qabul qiladi. Qiziği, har ikki raqib rasman Segundaga tuşib ketib bölgan.

24 may, şanba. 21:30.

ESPANOL – Las Palmas, LeGANeS – Valyadolid

GeRMANIYa va FRANsIYada finallar

24 may, şanba. 23:00. ARMINIYa – ŞTUTGART

24 may, şanba, 23:55. PSJ – ReYMS

Bu finallardagi qiziq umumiylik bor - ham Germaniya, ham Fransiyaning quyi ligasida iştirok etadigan jamoa kelasi mavsumda Yevropa Ligasida öynaşi mumkin. Gap şundaki, mamlakat kubogi uning egasida Yevropa Ligasida öynaş huquqini beradi. “Arminiya” Germaniyaning 3-ligasi vakili sanaladi va faqat bu mavsum ikkinçi ligaga kötariladigan böldi. Fransiya finali iştirokçisi “Reyms” esa bu mavsumda Liga 1 da öynagan bölsa-da, 16-örinni olib quyi ligaga tuşib ketdi. Şu örinda “Ştutgart” ham Bundesligada 9-örinni olib, Yevropa Ligasiga hali çiqa olmaganini ham ta’kidlaş kerak. Agar jamoa finalni yutadigan bölsa, uşbu yevrokubokka yöllanmani qölga kiritadi.

Aslida bu juftliklardagi asosiy masala – “PSJ”. Parijliklar Fransiya çempioniga aylanib bölişgan, oy oxirida Çempionlar Ligasi finalida maydonga çiqişadi. Kubok finalidagi ğalaba esa Enrike şogirdlariga trebl qiliş imkoniyati saqlab qoladi.

ANGLIYa: Husanov Çempionlar Ligasida öynaydimi?

Angliyada dastlabki ikki va sönggi uç örin egalari allaqaçon aniq bölib ulgurgan. “Mançester Siti” öz örnida qolişi uçun safarda “Fulhem” bilan durang öynasa kifoya. Şunda ortda kelayotgan uç jamoada oçkolar böyiça “Siti”ga yetib oliş ehtimoli mavjud bölsa-da, quvib ötiş uçun juda yirik hisobda yutişlariga töğri keladi. “Nyukasl” 4, “Çelsi” 7, “Aston Villa” 17 töp farqi bilan. Angliyadan 5-örin ham Çempionlar Ligasida öynaşini inobatga olsak, uçala ta’qibçining bunday hisoblarda ğalaba qozonişi imkonsiz – demak durang töliq qoniqtiradi. Har xolda “Old Trafford”da “Villa” 17 gol urişiga işonmasak kerak? Yo işonamizmi?

Aslini olganda, “Mançester Siti” yutqazişi va 6-öringa tuşib ketişi ham Abduqodir Husanov istiqboli uçun yomon bölmasdi ham. Çempionlar Ligasidan köra Yevropa Ligasida Pep Gvardiola köproq rotatsiya qilişi va zaxiradagilarga köproq imkon berişi kutsa böladi. Şunda Husanovda asosiy tarkibda tuşiş imkoniyati köpayarmidi? Albatta, undan köra yozda hamyurtimiz özini yanada yaxşi tomondan körsatib, Gvardiolaning fikrini özgartirişidan umid qilganimiz yaxşiroq.

25 may, yakşanba. 20:00.

Fulhem – MANÇeSTeR SITI, Mançester Yunayted – ASTON VILLA, NOTTINeM FOReST – ÇeLSI, NYuKASL - Everton

Köp masala Nottingemdagi öyinda hal böladi. Ha, hammasi “Nottingem Forest”ning qölida emas. Nunu şogirdlari ham “Çelsi” ustidan ğalaba qozonişi, ham “Nyukasl” va “Aston Villa”dan birining qoqilişidan umid qilişi kerak. “Nyukasl” öz maydonida “Everton”ni yuta olmasligi işoniş qiyin, ammo masalan finalda yutqazgan “Mançester Yunayted” sönggi turda bor imkoniyatini işga solişi va “Aston Villa”dan oçko tortib olişi ham mumkin, kim biladi.

BONUS: “Oltin butsa” kimga nasib qiladi?

Viktor Gyokereş aslida son böyiça heç kim yetolmaydigan körsatkiç qayd etgan bölsa-da, Portugaliya çempionati koyeffisenti pastroq – 1.5. Top ligalarda esa gollar soni ikki barobar köpaytiriladi. Şuning uçun sönggi turda maydonga tuşadigan Kilian Mbappe va Muhammad Salohlarda real imkoniyat bor. Levandovski va Retegini bu röyxatda qoldirgan bölsak-da, ularning 5 gol urişiga işoniş qiyin.

24 may, şanba. 19:15. ReAL MADRID – Real Sosiyedad.

25 may, yakşanba. 20:00. LIVeRPUL – Kristal Pelas

Kilian Mbappega “Oltin butsa” uçun 1 gol kifoya. Şunda u oçkolari sonini 60 taga yetkazadi va “Sporting” hujumçisini quvib ötadi. Muhammad Saloh esa “Kristal Pelas” darvozasiga kamida 2 gol urişiga töğri keladi. Bu raqobatda Mbappening imkoniyatlarini yuqoriroq baholaş mumkin, zero sönggi paytlarda sport formasi va sermahsulligi nuqtai nazaridan ham fransuz yaxşi körinyapti. Mbappe oxirgi 5 öyinni golsiz tark etmadi va 8 gol urişga muvaffaq böldi. Saloh esa mavsumning ikkinçi yarmida körsatkiçlarini pasaytirib yubordi. U “LIverpul” libosidagi oxirgi ön uçraşuvda atigi bir gol muallifi böldi xolos.

Har ikki hujumçi öz faoliyati davomida hali bu sovrinni qölga kiritişmaganini ham ta’kidlaş kerak.