AQŞ federal sudi prezident Donald Tramp ma’muriyatining Harvard universitetini xalqaro talabalarni qabul qiliş imkoniyatidan mahrum qilişini vaqtinçalik blokladi. Bu haqdagi qaror 23 may, juma kuni sobiq prezident Barak Obama tomonidan tayinlangan AQŞ okrug sudi sudyasi Ellison Berrouz tomonidan çiqarilgan.

Bu buyruq Oq uyning iş sudda körib çiqilayotgan vaqtda oliygohning Talabalar va almaşinuvçilar dasturi - Student and Exchange Visitor Program (SEVP)ni faoliyat yuritiş sertifikatini bekor qilişiga tösqinlik qiladi. Tramp ma’muriyati qaror ustidan şikoyat qilişi mumkin.

Bir kun avval AQŞ içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Harvard universitetini «zöravonlik, antisemitizmni rağbatlantiriş va Xitoy Kommunistik partiyasi bilan muvofiq işlaşda» ayblab, sertifikatni bekor qilişni buyurdi.

Harvard universiteti 23 may kuni Massaçusets federal sudiga Tramp ma’muriyatining xalqaro talabalarni öqitişni taqiqlaşiga qarşi da’vo arizasi bilan murojaat qildi.