Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Uçtepa tumanida sodir bölgan yonğin yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 25 may kuni soat 18:10 da Uçtepa tumani «Vatan» MFY, 26-dahada joylaşgan köp qavatli uylarning biridagi xonadonda yonğin sodir bölayotgani töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, yonğin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga yetib borgan va yonğinni öçirgan.
Hodisa oqibatida xonadonning 20 metr kvadrat maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.
«Yonğin oqibatida jabrlanganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, may boşlarida Çilonzor 31-dahasida joylaşgan köp qavatli uydagi xonadonlarning birida yonğin kuzatilgan edi.








