Liverpul şahrida avtomobil Angliya Premer-ligasida ğalaba qozongan «Liverpul» klubi şarafiga taşkil etilgan paradga yiğilgan futbol işqibozlarini bosib ketdi. Maşina haydovçisi qölga olindi, deb yozadi BBC News.

Hozirça haydovçi buni nima sababdan amalga oşirgani va qurbonlar soni böyiça rasmiy ma’lumot berilmadi. BBC kamida uç kişi jarohat olgani haqida yozmoqda. Halok bölganlar töğrisida ham hozirça heç narsa ma’lum emas.

Paradni derazadan turib kuzatgan guvohning Sky News’ga ma’lum qilişiça, yuz bergan voqeadan keyin parad iştirokçilari maşinani ta’qib qilişni boşlagan, biroq politsiyaçilar ularni orqaga çetlatgan.

«Liverpul» joriy mavsumda Premer-ligada muddatidan oldin ğolib böldi — bu klubning 20-ğalabasi hisoblanadi. Klub Angliya oliy futbol divizionida 2020 yildan beri birinçi marta çempion bölmoqda. 25 may kuni jamoani taqdirlaş marosimi bölib ötgandi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning fevralida Myunxenda Mini Cooper rusumli avtomobil iş taşlagan bir guruh işçilarni urib yuborgan va hodisa oqibatida kamida 28 kişi jabrlangan edi.