Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Namangan şahrida sodir bölgan yöl-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 26 may kuni soat 20:49 larda Namangan şahar Yangi asr MFY hududidan ötgan 4R-112 avtomobil yölining 87-kilometrida 2006 yilda tuğilgan fuqaro Nexia-3 rusumli avtomobilni haydab ketayotganida boşqaruvni yöqotib, yölning öng çetiga çiqib ketgan va daraxtga urilgan. Natijada, avtomaşinada yonğin yuzaga kelgan.

Qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borgan, yonğin qutqaruvçilar va fuqarolar tomonidan öçirilgan. 

Foto: Namangan viloyati FVB

Ma’lum qilinişiça, yonğin oqibatida avtomaşina töliq yonib zararlangan hamda haydovçi voqea joyida vafot etgan.

Eslatib ötamiz, aprel oyida Toşkentning Yangihayot tumanida harakatlanib borayotgan Isuzu yöl çetida töxtab turgan yuk maşinasi ortiga borib urilgandi. Öşanda YTH oqibatida Isuzuʼda yonğin kelib çiqqan hamda undagi ikki kişi halok bölgan edi.