Özbekiston Milliy statistika qömitasi va Koreya Respublikasining Statistics Korea idorasi 2025-2028 yillarga möljallangan “Statistika salohiyatini oşiriş” loyihasi doirasida hamkorlik boşladi.
Koreya hukumatining rivojlanişga rasmiy yordam dasturi (ODA) doirasida 3,8 million AQŞ dollari miqdoridagi grant asosida moliyalaştiriladigan uşbu loyiha Özbekistonda statistika tizimini modernizatsiya qiliş, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajribalarni joriy etişga qaratilgan.
Qömita matbuot kotibi Usmon Abdurasulov grant mablağlari nimaga işlatilişi haqida Kun.uz'ga ma’lumot berdi.
“Janubiy Koreya tomonidan Özbekiston Statistika qömitasiga ajratiladigan 3,8 mln dollarlik grant qaytarilmaydigan mablağ hisoblanadi. Bu Özbekisoton va Janubiy Koreya örtasida imzolangan hamkorlik kelişuvi doirasida amalga oşirilyapti. Grant mabağlari asosiy 4 yönalişga sarflanadi. Birinçisi – kadrlar malakasini oşiriş. Bunda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xodimlar malakasi oşiriladi. Bundan taşqari, bizning xodimlarimiz Koreyaga borib, malaka oşiriş maqsadida öquv seminarlariga qatnaşişi mumkin. Keyingi yönalişda statistik tadqiqotlar institutida kompyuter va audio qurilmalar bilan jihozlangan zamonaviy öquv xonalari taşkil etiladi.
Uçinçi yönaliş – CATI tizimini joriy etiş. Bu orqali telefon yordamida intervyu ötkaziş tizimi joriy etiladi. Uşbu tanlanma kuzatuvlarni tezkor, aniq amalga oşiriş imkonini beradi. Bizda hozir kuzatuv jarayonlarida intervyular oliş uçun joyiga çiqiladi, yoki boşqa tanlanma kuzatuvlar obektga çiqib ötkaziladi. Sun’iy intellektga asoslangan CATI tizimi orqali odamlarga avtomatik telefon qilib, savollarga javob olinadi. Bu statistik kuzatuvlar uçun vaqt va mablağni tejaydi.
Törtinçisi – ma’lumotlar integratsiyasi. Statistik ma’lumotlarni beradigan davlat organlari, masalan bojxona, soliq organlaridan ma’lumotlar şakllanadi. Ma’muriy ma’lumotlar bazalarini boşqariş tizimi yaratilib, davlat organlari örtasida ma’lumotlar integratsiyasi ta’minlanadi va statistik tahlillar avtomatlaştirilgan, işonçli platformalarda amalga oşiriladi”, – dedi Usmon Abdurasulov.
Koreya statistikasini rivojlantiriş instituti loyiha menejeri Kim Kvangsupning sözlariga köra, Koreya tomoni Özbekiston barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişida uşbu loyiha orqali öz hissasini qöşmoqçi.









