Buxoro viloyati uçun Xitoydan zamonaviy Zhongtong avtobuslari xarid qilindi, deb xabar beradi Transport vazirligi.
Qayd etilişiça, hududlarda aholiga körsatilayotgan jamoat transport xizmatlari sifatini yaxşilaş maqsadida zamonaviy harakat tarkiblari (yangi avtobuslarni) olib keliş işlari davom etmoqda.
Buxoro viloyatda yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi Progress mega trans korxonasi joriy yilning yanvar oyida XXR Zhongtong Bus Holding Co. Ltd kompaniyasi bilan 24 ta zamonaviy avtobuslar xarid qiliş böyiça şartnoma imzolagan edi.
Birinçi bosqiçda avtobuslardan 12 tasi 27 may kuni Buxoro şahriga olib kelindi. Qolgan 12 ta avtobus iyun oyining yakuniga qadar yetib keladi.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning noyabrida Transport vazirligi Samarqand şahriga noyabr oyida rejalaştirilgan 30 ta elektrobuslarning 8 tasi olib kelingani, yil yakuniga qadar yana 64 ta elektrobus keltirilişini ma’lum qilgan edi. Joriy yil fevralda esa Toşkentga 1000 ta Yutong avtobuslari olib kelinişi mumkinligi aytilgandi.












