AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati XXR Kommunistik partiyasiga aloqador yoki «öta muhim sohalarda» tahsil olayotgan xitoylik talabalarning vizalarini çaqirib oliş niyatida. Bu haqda Davlat departamenti rahbari Marko Rubio ma’lum qildi.

«Şuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi va Honkongdan keladigan barça viza arizalarini sinçiklab tekşiriş uçun viza mezonlarini körib çiqamiz», — deydi davlat kotibi. Politico ma’lumotlariga köra, Davlat departamenti rahbari Amerika elçixonalari va konsullik bölimlariga talabalar vizasi uçun yangi suhbatlar tayinlaşni vaqtinça töxtatişni buyurgan.

Amerika oliygohlarida 277 mingga yaqin XXR fuqarosi tahsil oladi. Xorijlik talabalar soni böyiça birinçi örinda hindistonliklar turadi — 331 ming kişi. Rubio bayonotida «öta muhim sohalar» deyilganda aynan nima nazarda tutilganiga oydinlik kiritilmagan. The New York Times’ning yozişiça, gap tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar haqida ketayotgan bölişi mumkin. Çunki sönggi yillarda Amerika rasmiylari Xitoy hukumati Qöşma Ştatlarda ta’lim olgan olimlarni yollayotgani borasida bir neça bor xavotir bildirgan. Şuningdek, AQŞ rasmiylari talabalar bilan Xitoy Kommunistik partiyasi örtasidagi aloqani qanday aniqlaşi ham noma’lumligiça qolmoqda.

Amerika universitetlari önlab yillar davomida Xitoydan ilmiy tadqiqotlarga kömaklaşadigan va öqiş uçun tölovlarni amalga oşirgan holda, OTMga daromad olib keladigan iqtidorli talabalarni jalb qilib kelgan.

Talabalik vizalarining bekor qilinişi Tramp ma’muriyatining savdo uruşi fonida Xitoyga qarşi olib borayotgan keng kölamli kampaniyasining bir qismi bölişi mumkin. Tramp prezidentlikning birinçi muddati — 2020 yilda, Xitoyning harbiy universitetlariga aloqador mingdan ortiq xitoylik aspirant va tadqiqotçilarning vizalarini bekor qilgan edi.

XXR Taşqi işlar vazirligi xitoylik talabalarning vizalari çaqirib olinişi mumkinligi sabab AQŞ hukumatiga e’tiroz bildirdi. Idora matbuot kotibi Mao Ninning sözlariga köra, bunday qadam öqiyotganlarning qonuniy huquqini buzadi va ikki mamlakat örtasidagi madaniy almaşinuvga xalaqit beradi.