Istanbulda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari örtasidagi muzokaralarning ikkinçi bosqiçi yakunlandi. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilgan.

Öz navbatida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Buxarest töqqizligi» va şimoliy mamlakatlarning Vilnyus sammiti yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida yangi asirlar almaşinuvi tayyorlanayotganini aytdi.

«Istanbuldagi muzokaralar yakunlandi va men vazir Umerovdan töliq hisobot kutyapman. Ular turk tomoni orqali hujjatlar almaşişdi va biz harbiy asirlarni yangi ozodlikka çiqarişga tayyorlanyapmiz», — dedi prezident.

May oyida Rossiya va Ukrainadan kelgan delegatsiyalarni uç yildan keyin bir stol atrofida töplagan Turkiya 2 iyun kuni Istanbulda yana muzokaralar uyuştirdi.

Rossiya delegatsiyasidan prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy iştirok etdi. Ukraina tomoniga mudofaa vaziri Rustem Umerov boşçilik qildi. Uçraşuv yopiq formatda ötkazildi. Muzokaralar yakunida tomonlar bayonot berişi kutilmoqda.

Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarning birinçi raundi 16 may kuni Istanbuldagi Dolmabaxçe qarorgohida bölib ötdi.

Birinçi uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar «1000 ga 1000» formulasi böyiça keng kölamli asirlar almaşinuvini ötkaziş, ehtimoliy öt oçişni töxtatiş böyiça öz fikrlarini batafsil bayon etiş, söngra muzokaralarni davom ettirişga kelişib oldi.

Kiyev va Moskva Istanbulda kelişilgan asirlar almaşinuvi 25 may kuni yakunlanganini bildirdi.

Tinçlikka erişiş yölidagi diplomatik sa’y-harakatlar doirasida taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Moskva va Kiyevga taşrif buyurib, u yerda Rossiya va Ukraina rahbarlari va yuqori martabali amaldorlari bilan uçraşdi.