AQŞ prezidenti Donald Tramp import qilinadigan pölat va alyuminiyga bojlarni 25 foizdan 50 foizga oşirişni ma’qulladi. Amerika davlati rahbari tegişli farmonni imzolagani haqida 3 iyun, seşanba kuni Oq uyda xabar berildi.
«Men pölat mahsulotlari va pölatdan yasalgan buyumlar, alyuminiy mahsulotlari importiga boj stavkalarini oşiriş zarur va maqsadga muvofiq ekanligini aniqladim. Ular 2025 yil 4 iyun Şarqiy vaqt bilan soat 12:01 da kuçga kiradi», deyiladi hujjatda.
Unda yana bir bor aytilişiça, Buyuk Britaniya Vaşington va London örtasida 8 maydagi Iqtisodiy farovonlik töğrisidagi bitimga rioya etilişini ta’minlaş maqsadida rejim amal qilişi doirasidan çiqarilmoqda.
28 may kuni AQŞ Xalqaro savdo sudi Donald Tramp aprel oyi boşida dunyoning deyarli barça mamlakatlariga kiritgan tariflarning bir qismini noqonuniy deb topdi. Sud qaroriga köra, Trampning özi bunday qaror qabul qiliş vakolatiga ega emas.













