Biroq muammo faqatgina mavsumda emas. Tsistit haqida hanuzgaça oşkora aytilmaydi. Odamlar belgilarni aytişdan uyalişadi, hatto eng yaqinlariga ham aytişmaydi, şifokor körigini ortga surişadi. Şu sababli kasallik köp hollarda surunkali tus oladi.

Tsistit nima?

“Tsistit — bu siydik pufagining şilliq qavatining yalliğlanişi, — deb tuşuntiradi 20 yillik tajribaga ega oliy toifali şifokor Telman Nuraliyev. Uni köp hollarda bakteriologik infeksiya keltirib çiqaradi. Lekin sovuq yeyiş, stress, intim gigiyenaning buzilişi, sintetik iç kiyim, jinsiy hayotning boşlanişi kabi sabablar trigger bölişi mumkin”.

Ayollar anatomik xususiyatlari sabab sistitga köproq duç kelişadi: bakteriyalarning tez tuşişi uçun şaroit yaratadi. Lekin erkaklarda ham sistit uçraydi — odatda u boşqa tanosil kasalliklari bilan boğliq böladi.

Asal oyi sistiti — bu mifmi?

Yöq. Bu haqiqat va kam uçramaydigan holat.

“Yalliğlaniş ayniqsa töydan bir hafta keyin vujudga keladi. Intim gigiyenaga amal qilmaslik, şuningdek organizmning yangi şaroitlarga adaptatsiyasi sabab bölişi mumkin. Tsistit — bu uyatli narsa emas. Bu oddiy tibbiy holat”, — deb ta’kidlaydi şifokor.

Tsistitning belgilari

“Açişiş, sançiş, tez-tez siyiş — bu şifokorga murojaat qiliş uçun asos böla oladi. Özi ötib ketişidan umid qilib, ortga suriş kerak emas. Qança tez davolaşni boşlasangiz, u şunça oson va tez böladi”, — deydi Nuraliyev.

Birinçi belgilardanoq terapiyani özingiz boşlaşingiz mumkin. Dorixonalarda samarali Yevropada işlab çiqazilgan preparatlar mavjud — asosi furazidin bölgan uroseptiklar. Bu dori vositalari mahalliy ta’sir qiladi, içak va qin mikroflorasini buzmaydi hamda keng qamrovli antibiotiklarning yumşoq analogi sanaladi.

Nega ayollar urologga emas, balki ginekologga borişadi?

Köpinça bemorlar ayollar “u yer” oğrisa, demak ginekologga boriş kerak deb öylaşadi. Bu xato. Tsistitda aynan urologga murojaat qiliş kerak. Lekin ayrim hollarda, asoratlar bölganida biz birga işlaymiz”, — deb tuşuntiradi doktor.