Amerikaning B-2 Spirit strategik bombardimonçi samolyoti duşmanning katta kemalarini yöq qilişga möljallangan qudratli Quicksink aviabombasini sinovdan ötkazdi.
Newsweek xabariga köra, Quicksink - bu katta harbiy kemalarni yöq qilişga qodir bölgan yuqori aniqlikdagi arzon aviabombani yaratiş dasturi, uning tafsilotlari oşkor etilmagan.
AQŞ Harbiy-havo kuçlari tadqiqot laboratoriyasi ma’lumotlariga köra, aviabomba aprel oyi oxirida Florida yaqinida Atlantika okeanida, şuningdek, ötgan yili Tinç okeanida sinovdan ötkazilgan.
«Biz statsionar yoki harakatlanuvçi kemalarga zarba beriş qobiliyatimizni sezilarli darajada oşiradigan yangi Quicksink qurolini yaratdik», dedi Harbiy havo kuçlari ştab boşliği general Devid Allvin.
Yaqinda AQŞ bombardimonçi samolyoti Tinç okeanida harbiy kemalarni çöktiriş uçun möljallangan «inqilobiy» qurolni sinovdan ötkazdi. Quicksink nomi bilan tanilgan yangi qurol dengiz nişonlarini «tez va samarali tarzda» çöktirişi mumkin, deyiladi havo kuçlari tadqiqot laboratoriyasi bayonotida.
Naşrning qayd etişiça, hozir Xitoy Tinç okeanida AQŞ bilan raqobatda ustunlik qilmoqda va 370 ta kema va suvosti kemalariga ega.

















