Yerda NUJ (noma’lum uçar jismlar) faolligi bilan boğliq fitna nazariyalarining kelib çiqiş manbalarini aniqlaş çoğida Pentagon huzurida taşkil etilgan Anomaliyalarni hal qiliş bölimi (AARO) notöğri ma’lumotlar köpinça AQŞning yuqori harbiy rahbariyati tomonidan tarqatilgan, degan xulosaga keldi. Pentagon bu ma’lumotlarni 2024 yilgi hisobotida yaşirişga uringan, deb yozadi The Wall Street Journal.
Pentagon içki tergov materiallarini tahlil qiliş natijasida WSJ şunday xulosaga keldi: Amerika armiyasi ofitserlari orasida tarqalgan konspirologiyaning katta qismi Pentagon sanksiyalari asosida paydo bölgan yoki uzoq davom etgan hazil an’analari sabab yuzaga kelgan. 2024 yilgi hisobotida Mudofaa vazirligi noqulay vaziyatga tuşib qolmaslik va maxfiy ma’lumotlarni oşkor qilmaslik uçun içki tergovning asosiy tafsilotlarini keltirmagan.
AARO tomonidan oçilgan birinçi dezinformatsiya holati 1980 yillarga tegişli. Öşanda AQŞ Harbiy-havo kuçlari polkovnigi «51-hudud» yaqinidagi barga borgan va «uçar likopça» suratlarini muassasa egalari bilan bölişgan. Bar devorlariga ilingan suratlar tez orada harbiy baza joylaşgan Nevada ştatidan taşqariga ham tarqalgan. WSJ ma’lumotlariga köra, harbiy xizmatçi mahalliy aholini dezinformatsiya bilan ta’kimlaş vazifasini bajargan — uşbu operatsiyaning maqsadi maxfiy poligon hududida F-117 Nighthawk stels-qiruvçisi sinovini yaşiriş bölgan. Harbiy-havo kuçlari qömondonligiga öşa vaqtdagi yangi texnologiya ma’lumotlarini oşkor etişdan köra, atrofdagi aholi punktlarida yaşovçilarning NUJga işonişi manfaatliroq bölgan. Bunday usul orqali AQŞ qömondonligi butun «sovuq uruş» davrida ma’lumotlar sizib çiqişidan qoçib kelgan.
Içki tergov davomida Pentagon, şuningdek, Amerika armiyasining amaldagi va sobiq ofitserlarini bir qismi katta ofitserlarning oddiy hazilidan jabr körib, hozirga qadar özga sayyoralarda hayot mavjudligiga işonişni davom etişini aniqlangan. Yangi komandirlarga önlab yillar davomida Harbiy-havo kuçlarining göyoki özga sayyoraliklarning uçar apparati bölgan suratlar topşirib kelingan. Hazilkaşlar buni Yankee Blue deb atab kelgan. Köpçilik esa uning soxtaligini bilmagan ham. 2023 yil bahorda AQŞ Mudofaa vazirligi kanselyariyasi uşbu amaliyotni zudlik bilan töxtatiş buyruği keltirilgan xizmat xatlarini yöllagan.
2023 yil yozda AQŞ Kongressida Yerdan taşqarida hayot mavjudligi böyiça eşituvlar bölib ötgan. Unda Amerika razvedka hamjamiyatining sobiq xodimi Devid Graş çiqiş qilgan. U Pentagon 1930 yillardan beri amerikaliklardan özga sayyoraliklar bilan aloqasini yaşirib kelayotganini ma’lum qilgan.

















