Slovakiya Respublikasi boş vaziri Robert Fitso bugun, 9 iyun kuni rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Köksaroy qarorgohida uni rasmiy kutiş marosimi bölib ötdi. Şundan söng davlat rahbarlari iştirokida Özbekiston–Slovakiya muzokaralari ötkazildi.
Uçraşuv avvalida Şavkat Mirziyoyev bu taşrif köp qirrali Özbekiston-Slovakiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqiçni boşlab berişini alohida ta’kidladi.
Hamkorlik barça yönalişlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Taşqi işlar vazirliklari darajasida konstruktiv siyosiy muloqotlar yölga qöyildi, işbilarmonlik va gumanitar almaşinuvlar faollaşdi.
Tovar ayirboşlaş ortib bormoqda. May oyida Hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişi samarali ötkazildi. Kooperatsiyaning qator yangi yönalişlari va loyihalari ustida iş olib borilmoqda.

Zamonaviy tahdidlar va oldindan aytib bölmaydigan xalqaro vaziyatni hisobga olib, taşqi siyosiy idoralar, şu jumladan Yevropa institutlari bilan şeriklik doirasida tizimli hamkorlik qiliş, muvofiqlaştiriş va qöllab-quvvatlaş muhimligi qayd etildi.
Tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, eng avvalo, özaro yetkazib berilayotgan mahsulot turlarini kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Özbekistondan töqimaçilik, qişloq xöjaligi, elektrotexnika, kimyo mahsulotlari, polimerlar, Slovakiyadan esa kauçuk, avtomobil qismlari, farmatsevtika va boşqa sanoat tovarlarini yetkazib beriş şular jumlasidan.
Texnik jihatdan tartibga soliş va metrologiya sohalarida imzolanadigan bitimlarni amalga oşiriş doirasida texnik tösiqlarni bartaraf etiş va kvant etaloni laboratoriyasini işga tuşiriş muhimligi qayd etildi.
Slovakiyaning yetakçi kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi böyiça keng kölamli dasturni tayyorlaş, jumladan, agrosanoat majmui, avtomobillar uçun butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş, farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqariş, "yaşil" energetika va turizm loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.

Raqamli yeçimlarni joriy etiş va startap investitsiyalar sohasida katta imkoniyatlar mavjud. Şu ma’noda, IT startaplarini akseleratsiya qiliş böyiça qöşma vençur fondini taşkil etiş masalasi körib çiqildi.
Şuningdek, qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun mavjud moliyaviy vositalardan keng foydalaniş taklif etildi.

Gumanitar sohada ta’lim va akademik almaşinuvni rivojlantirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi. Qöşma tadqiqot dasturlarini, şu jumladan Bratislavadagi Komenskiy universiteti iştirokida yölga qöyiş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Tomonlar özaro körgazmalar, kino namoyişlari, konsertlar, şuningdek, muzey işi sohasidagi loyihalarni ötkazişni nazarda tutuvçi Madaniyat sohasida hamkorlik dasturini qabul qilişga kelişib oldilar.
Taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Slovakiya tomoni uşbu sohada tizimli hamkorlikni yölga qöyişdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, köp tomonlama maydonlarda özaro qöllab-quvvatlaş yuzasidan ham fikr almaşildi.
Qabul qilingan qaror va kelişuvlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş maqsadida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli "yöl xaritasi" qabul qilinişi haqida kelişib olindi.












