Slovakiya va Çexiya boş vazirlari Robert Fitso va Andrey Babiş Germaniya kansleri Fridrix Mersning Yevropa Ittifoqiga aʼzo barça mamlakatlar istisnosiz Ukrainani moliyalaştirişda iştirok etişi kerakligi haqidagi talabiga qarşi çiqdi.

«Kanslerning qilayotgan işi - odatiy şantaj. Men unga yon bermoqçi emasman», - dedi Fitso 10-noyabr, seşanba kuni Bratislavada jurnalistlar bilan suhbatda.

Uning sözlariga köra, Slovakiya suveren davlat hisoblanadi va Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasida öz mustaqil pozitsiyasiga ega.

«Biz şantajga javob berişimiz kerak», - dedi u.

Fitso Slovakiya ham «Germaniya kansleri bilan bir xil veto qöyiş huquqiga ega» ekanini taʼkidladi.

Bratislavaga taşrif bilan kelgan Çexiya boş vaziri Andrey Babiş ham Mersning talabini tanqid qildi.

«U nega bunday gapirayotganini tuşunmayapman», - dedi Babiş.

Bloomberg agentligi maʼlumotlariga köra, Vengriya boş vaziri Peter Madyar ham Mersning Ukrainani moliyalaştiriş böyiça kelişuvni Yevroittifoqning navbatdagi köp yillik byudjetini qabul qiliş bilan boğlaş talabiga qarşi çiqqan.

Ukrainaga yordam va YEI byudjeti böyiça bahs

Bahslarga Germaniya kansleri Fridrix Mersning Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koştaga yöllagan maktubi sabab böldi. Mazkur maktub haqida avvalroq xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar bergan edi.

Maktubda Mers Ukrainani kelgusida moliyalaştiriş masalasini Dublinda ötkaziladigan Yevropa Ittifoqining norasmiy sammiti kun tartibiga kiritişga çaqirgan.

Şuningdek, u Kievning moliyaviy ehtiyojlarini qoplaşda YeIga aʼzo barça davlatlarning iştirok etişi 2028–2034-yillarga möljallangan Yevroittifoq byudjeti böyiça muzokaralarni davom ettiriş uçun zarur şart ekanini bildirgan.

Yevropa komissiyasi hisob-kitoblariga köra, 2027-yilda Ukraina qöşimça ravişda qariyb 70 milliard yevroga muhtoj böladi.

Kutilişiça, uşbu mablağning taxminan 45 milliard yevrosini Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar taʼminlaşi kerak.