Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobilni 400 km zaxiraga quvvatlaş uçun 5 daqiqa kifoya qiladigan megevatt quvvatlantiriş texnologiyasini taqdim qildi. Bu Tesla, Lucid yoki Hyundai texnologiyalaridan tezroqdir, deb xabar berdi IEEE Spectrum.
Yangi tizim Şanxay avtosalonida namoyiş etilganda 1002 kVt quvvatga erişgan va BYD Han L modelini 5 daqiqadan kamroq vaqt içida 13 foizdan 60 foizgaça quvvatlantirgan.
Taqqoslaş uçun, Tesla Model Y xuddi şunday diapazonga 15 daqiqada, Lucid Gravity 400 kVt quvvatda 15 daqiqagaça, Hyundai Ioniq 5 esa 18 daqiqada erişadi. Ammo BYD hozir bu körsatkiçlarni samarali ravişda uç baravar oşirdi va elektromobillarni benzinli avtomobillarni töldiriş tezligiga yaqinlaştirdi.
BYD elektromobil işlab çiqarişda töliq vertikal integratsiyaga erişgani bu yutuqning kaliti sifatida aytilmoqda: kompaniya avtomobillar va akkumulyatorlardan tortib to quvvatlaş stansiyalarigaça özi işlab çiqarmoqda.
Texnologiya asosini 1000 V kuçlanişli Super e-Platform va 1000 amperlik tok kuçiga ega yangi litiy-temir-fosfat akkumulyatori egallaydi. 500 ta megaquvvatlovçi qurilma allaqaçon işlab çiqarilgan, yil oxirigaça 4 mingtasini işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Mutaxassislarning qayd etişiça, bu texnologik ustunlik Xitoy hukumatining qöllab-quvvatlaşi va jiddiy raqobat mahsulidir.












