Xitoyning BYD kompaniyasi Abu-Dabidagi xalqaro taqdimotda özining yangi Yangwang Altior lyuks sedanini taniştirdi. Autonews uşbu model xaridorlarni nimasi bilan jalb qilişi va uning negizida qanday texnologiyalar yotganini örgandi.

BYD Auto

Yangwang (BYD subbrendi) savdo bölimi boş direktori Xu Syaosin sözlariga köra, sedanni işlab çiqiş uç yil davom etgan. Birgina avtomobilning old qismi yuzdan ortiq dizayn variantlaridan ötgan. Altior qimmatbaho toşlar bilan bezatilgan 137 ta elementdan iborat yirik radiator panjarasiga ega böldi. Ammo aynan qanday toşlar işlatilganiga oydinlik kiritilmagan.

Altior’ning uzunligi 5600 mm, kengligi 2030 mm, balandligi 1590 mm, ğildirak bazasi esa 3500 mmʼni taşkil etadi. U Rolls-Royce Ghost’dan 201 mm uzunroq.

Kuzovning ikki xil rangda böyalgani, uzaytirilgan C-simon tirgak, jilolangan monoblokli ğildirak disklari hamda yon tomonlari böylab tortilgan 4,8 metrli qöşaloq bezak çiziği eksteryerning boşqa öziga xos jihatlari sirasiga kiradi. Old qismdagi emblema esa 24 karatli sof oltindan tayyorlangan.

BYD Auto

Old panelga keng formatli panoramali displey örnatilgan. Biroq kompaniya uning diagonalini hozirça oçiqlamadi. Orqa yölovçilar uçun yiğiladigan iş yuzasiga ega markaziy stolça hamda elektr yurituvçi bölma közda tutilgan.

Altior’ning old eşiklari 80 darajaga, orqa eşiklari esa 90 darajaga oçiladi. Ularda soyabon uçun maxsus örnatilgan ğilof-tutqiç mavjud. Ikkinçi qator yölovçilari uçun şiftga 21,4 dyuymli ekran hamda haroratni mustaqil boşqariş imkoniga ega, har biri 5,5 litrli ikkita muzlatkiç örnatilgan.

Orqa örindiqlar töliq gorizontal holatgaça yotqiziladi. Ular uqalaş funksiyasi hamda oyoqlar uçun suriluvçi tirgaklar bilan jihozlangan. Şaxsiy daxlsizlikni esa elektr pardalar taʼminlaydi.

Salon bezagida tabiiy çarmdan foydalanilgan, pol gilamçalari esa qöy junidan töqilgan. Markaziy konsolda 60 qirrali, olmos şaklida işlov berilgan aylanma sozlagiçlar örnatilgan. Ovoz sifati uçun 39 ta dinamikka ega Dynaudio Platinum Evidence audio tizimi javob beradi.