
9 iyun kuni Apple kompaniyasi özining yillik Worldwide Developers Conference (WWDC25) tadbirida bir qança yirik yangilanişlarni taqdim etdi. Xususan, Apple mahsulotlari operatsion tizimlari dizaynining yangilanişi, iPhone, iPad, Mac, AirPods va boşqa qurilmalar uçun yangi funksiyalarni e’lon qildi. Quyida ularning eng muhimlarini sanab ötamiz.

Operatsion tizimlar yangi nomlanişga ötdi
The Verge naşrining yozişiça, Apple, kutilganidek, barça operatsion tizimlarining versiya raqamlarini çiqarilgan yil bilan moslab yangiladi. Endi yangi operatsion tizimlar: iOS 26, macOS 26 va watchOS 26 kabi nomlar bilan çiqadi. Bu nomlar 2025 yil oxirida çiqarilişi rejalaştirilgan va raqamli nomlardan (iOS 19, watchOS 12, macOS 16) eslaş osonroq böladi.

Uşbu operatsion tizimlar hozirça işlab çiquvçilar, dasturçilar uçun beta-versiyada mavjud, ommaviy foydalanuvçilar uçun esa bu kuzda çiqariladi.
Liquid Glass dizayni: barça platformalarda yangi köriniş
Apple interfeyslarni yangilaş böyiça «Liquid Glass» deb nomlangan umumiy dizayn tilini taqdim etdi. U butun OS’larda tugmalar, slederlar, matn, media-boşqaruvlarda şaffoflik va staklangan effektlardan foydalanadi. Bu bir neçta vizual elementlar (matn, tugma, slayder, fon va h.k.) ustma-ust va şaffof körinişida bölişini bildiradi.

Xususan, iOS 26’ning qulf ekraniga ham bu köriniş kiradi, bu fon rasmiga yangiça körinişda effekt qöşadi.


Dastur içidagi dizayn yangilanişlari
Safari ilovasi töliq ekranli körinişga ega böladi. Kamera ilovasi endi ikki asosiy rejim bilan — foto va video taqdim etiladi, qolgan rejimlar ustki panel orqali körinadi.
Telefon ilovasi esa Favorites, Recent, va Voicemail funksiyalarini bitta panelda birlaştiradi; pastki bölimda esa Calls, Contacs va Keypad mavjud.

Messages ilovasida suhbatlarning fon rasmlarini özgartiriş, guruh çatlarda ovoz beriş (poll), “yozilmoqda” (typing) indikatorlari va noma’lum raqamlardan kelgan xabarlarni alohida katalogda köriş funksiyalari taqdim etildi.

iPadOS 26: windowing va multitaskinğni takomillaştiriş
iPadOS 26’da köp oyna (multi window) imkoniyatlari jiddiy kengaytirildi: oynalarni ölçaş, turli joylarga joylaştiriş va bir neçta oynani bir vaqtning özida oçiş mumkin – bu amaldagi Mac’larga juda öxşab ketadi.

Şuningdek, Mac’dagi Preview ilovasining iPad versiyasi mavjud — rasm va fayllarni körib, belgilaş mumkin böladi.
Yangi Games ilovasi
Apple Arcade va App Store’dagi öyinlarni bitta joyda körib çiqiş imkonini beruvçi Games ilovasi e’lon qilindi. Bu öyinlar uçun markaziy platforma bölib xizmat qiladi, foydalanuvçilar döstlari bilan birga öynaşi va avvalgi öyinlarda qayerda töxtaganini eslab turişi osonlaşadi.

Ma’lumotlarga köra, Apple ötgan yili öyinlardan 43,7 milliard dollar daromad körgan, şundan 13,1 milliard dollari kompaniyaning özida qolgan.
macOS Tahoe26: Spotlight, Phone va Games
macOS Tahoe26 kengaytirilgan dizayn tilini öz içiga oladi, ekran pastki qismidagi menyu satri töliq şaffof böldi. Spotlight qidiruvda şaxsiy filtrlaş va harakatlar qöşildi, real vaqt e’lon, yoziş, elektron poçta funksiyalari bilan.

Şuningdek, Phone va Games ilovalari ham macOS’ga köçirildi.
Apple Intelligence va Live Translation
iOS 26dagi Apple Intelligence ekranda körgan narsalaringizni skrinşot tugmasi orqali AI yordamida izlaş imkoniyati taqdim etildi. Bunda ChatGPT va Google yordamida vizual qidiruvlardan foydalaniş mumkin. Bunday funksiya Android qurilmalari uçun allaqaçon mavjud.

Matn va audio uçun real vaqtda tarjima: Messages, FaceTime va Telefon ilovalarida işlaydi. Şuningdek, ChatGPT asosidagi Image playground, Genmoji kabi vizual AI texnologiyalari ham qöşildi. Siri yangilanişlari esa 2026 yilga qoldirilmoqda.
watchOS 26: bilak belgisi va Workout Buddy
watchOS 26’da «wrist flick» – bilak tebratiş yordamida bildirişnomalarni tez rad etiş mumkin. AI vositasi orqali Workout Buddy bilan individual maşqlar böyiça maslahat va rağbat beriladi.

Masalan, yuguruvçilar Apple Watch bilan AirPods juftlaganida foydalanuvçiga «Zör yuguriş! Örtaça tezligingiz bir milga 9 daqiqa 7 soniya» kabi iltifotlar aytiladi.
AirPods yangilanişlari
Yangi yangilanişlar: AirPods stemiga bosiş orqali iPhone/iPad bilan foto yoki video oliş, ovoz izolyatsiyasi bilan «studiyaviy darajada» vokal yoziş funksiyalari taqdim etildi. Bu xususiyatlar AirPods 4, AirPods 4 ANC va AirPods Pro 2 uçun mavjud böladi.
Bu yangilanişlar Apple ekotizimi va qurilmalari dizayni hamohangligi, AI integratsiyasini kuçaytirişga yönaltirilganligi bilan muhim ahamiyatga egaligi aytilmoqda.
Nima uçun katta şov-şuv qila olmadi?
New York Times naşri kolumnistlarining yozişiça, texnologiya sohasi qurilmalarga yangi sun’iy intellekt tizimlarini joriy etiş bilan band bölgan bir paytda, Apple mahsulotlarining taşqi körinişini çiroyliroq qilişga e’tibor qaratmoqda.
2025 yilda qöşilgan yangiliklar ötgan yilgi işlab çiquvçilar konferensiyasida va’da qilingan yangilanişlarga qaraganda kiçikroq. Xususan, ötgan safar AI asosiy mavzu bölgandi.

2024 yil yozida Appleʼning eng katta va’dalaridan biri — Siri virtual yordamçisini yaxşilaş bölgan. U telefondagi ma’lumotlarni, masalan, kimningdir safar jadvaliga oid xabarni, internetdagi ma’lumotlar bilan birlaştira olişi kerak edi (masalan, samolyot keliş vaqti). Biroq mart oyida Apple bu funksiyani bahorda çiqarişni keçiktirdi va u yil oxirigaça tayyor bölmasligini bildirdi. Siri jamoasida ham rahbariyat almaşdi.

Creative Strategies tadqiqot firmasining boş tahlilçisi Karolina Milanesi buning oqibatlari haqida şunday dedi:
«Qisqa muddatda odamlar Apple Intelligence yetarliça işlamayapti deb iPhone yoki Mac sotib olişni töxtatmaydi. Ammo katta xavf şundaki, foydalanuvçilar ChatGPT yoki boşqa muqobil mahsulotlarga ötib ketişlari mumkin».
Taqdimotdan söng Apple aksiyalari 1 foizdan köproqqa tuşdi, S&P 500 esa ozgina kötarildi.

Jurnalistlarning yozişiça, bu funksiyalar Apple boş direktori Tim Kuk kompaniya uçun eng muhim mahsulot — iPhone savdolarini foydali va kundalik hayotga tegişli yangiliklar bilan oşirmoqçi ekanini körsatmoqda. «Garçi bu yangiliklar butun texnologiya sohasini band qilgan AI trendiga mos bölmasa-da, Apple yangi texnologiyaga keçroq qöşilgan taqdirda ham uni keng ommaga yoyiş imkoniga işonmoqda», deyiladi NYT xabarida.











