Unda, qonunga xilof ravişda dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan fuqarolar D.M., M.A. va N.Ğ. “Vodiy-Toşkent” yönalişida harakatlanib kelgan Lacetti rusumli avtomaşinada xorijda işlab çiqarilgan 19 dona “Tropikamid” hamda 14 dona “Regopen” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini Toşkent şahrida sotiş maqsadida olib kelgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentning Zomin tumani bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda "F.F." xususiy korxonasiga qaraşli dorixona iş yurituvçisi X.T. fuqaro X.A.ga xorijda işlab çiqarilgan 14 quti kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini şifokor retseptisiz 4,2 mln sömga sotib, dori vositalari uçun tölovni özining bank plastik kartasiga ötkazib olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departamentning Nukus tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. fuqaro D.S.ga 38 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini 1 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












