Toşkentda ikki tadbirkor örtasidagi hamkorlik kelişmovçilikka aylandi, ulardan biri 300 ming dollarni qaytarişni istamay, şerigidan qutulişga qaror qildi.10 iyun kuni Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida mazkur iş yuzasidan hukm öqildi. Kun.uz muxbiri suddan reportaj tayyorladi.

Ma’lum bölişiça, sudlanuvçi 2023 yil 2 fevralda davlat röyxatidan ötgan “Furnitura producs universal” MÇJning yagona ta’sisçisi hisoblanadi. U 2023 yil kuzida tadbirkor Nodir Rahimjonov bilan tanişib, uning işonçiga kirgan. Sudlanuvçi özining kompaniyasi faoliyatini yuritişni taklif qilib, jabrlanuvçidan 1 yil davomida 300 ming dollar pul olgan. Mebel işlab çiqaruvçi tadbirkor hamkoriga har oyda özaro tadbirkorlikdan tuşgan foyda sifatida ma’lum miqdorda pul berib kelgan. Ammo jabrlanuvçi oradan köp vaqt ötmay, 300 ming dollarni qaytarişni talab qilgan. Lekin sudlanuvçi va’dasini bajarmay, pul mablağini öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.

Şundan söng u özining tanişi, sudlanuvçi Ahmedov bilan birga Rahimjonovni öldiriş rejasini tuzgan. Sudlanuvçi qotillik evaziga şerigining sud qaroriga asosan tayinlangan jami 37 mln sömlik zarar qarzini yopib berişni va’da qilgan.

Sudlanuvçilar 2024 yil 16 dekabr kuni soat 22:00 da pullarni qaytariş bahonasi bilan Rahimjonovni Şayxontohur tumani Toşkent halqa aylanma yöli köçasiga çaqirgan. Uçraşuv sudlanuvçining BYD maşinasida bölgan. Jabrlanuvçi maşinaning old yon, Ahmedov esa orqa örindiğiga ötirgan. Sudlanuvçi pullarni tanişlari olib kelayotganini aytib, jabrlanuvçini şu kuni soat 23:30 larda Olmazor tumani Şifokorlar köçasida joylaşgan Urologiya markazi oldiga olib borgan. Bu vaqtda Rahimjonov uxlab qolgan. Keyin sudlanuvçi maşinani içkaridan qulflab, jabrlanuvçining ikkala qölini mahkam uşlab olgan. Uning şerigi Ahmedov esa sim bilan Rahimjonovni böğib öldirgan.

Şundan söng marhumning 15 mln sömlik kurtkasini, iPhone 15 Pro, iPhone SE Black telefon apparatlarini hamda 500 AQŞ dollarini talon-toroj qilgan. Ahmedov şerigining topşiriğiga asosan marhumga tegişli Malibu-2 avtomobilini Toşkent halqa aylanma yöli köçasidagi avtoturargohdan olib, Şifokorlar-2 köçasi, 1A-uy oldiga taşlab kelgan. Söngra ular jinoyat izlarini yaşiriş maqsadida Rahimjonovning murdasini Matizʼga ortib, Toşkent tumanidagi qurilişi tugallanmagan uylarning orqa tomoniga taşlab ketişgan. Sud işiga raislik qilgan Akmal Mirzaxonov sudlanuvçilarga sönggi söz berdi. Jalilov advokati bergan qölyozmani öqib eşittirdi.

“Men qilib qöygan işimdan, ya’ni Rahimjonovni öz vaqtida şifoxonaga olib bormaganimdan afsusdaman. Sababi Ahmedov meni qörqitgani, u işga yordam berganimdan afsusdaman. Mening uni öldirişda aybim yöqligini inobatga olişingizni, menga yengillik berişingizni sörayman. Bölib ötgan işdan çin köngildan puşaymonman. Öz vaqtida xabar bermaganimga iqrorman. Mening oilaviy şaroitimni, 3 nafar farzandim borligini, yagona boquvçi ekanimni inobatga olib, yengilroq jazo berişingizni sörayman”, – deydi sudlanuvçi.

Marhumni böğib öldirgan sudlanuvçi Ahmedov bu işda Jalilovning aybi yöqligini aytib, suddan yengillik söradi.

“Men 97-moddaga iqrorman. Qilib qöygan işimdan afsusdaman. Bu işda Jalilovning aybi yöq. Men özim qilganman. Onadan sökib qöygani uçun şu iş bölib ketdi. Oila a’zolaridan ham uzr sörayman”, - dedi u.

Mahkama işi davomida sudya Mirzaxonov Ahmedovdan yozib berilgan narsani öqimaslikni söradi. Sudyaga köra, sudlanuvçining advokati toşturmaga kirib çiqqandan keyin körsatuvlarini özgartirgan. Mirzaxonov tomonlarni eşitib, hukm öqidi. Unga köra, har ikkala sudlanuvçiga ham 20 yil qamoq jazosi berildi. Ular tayinlangan jazoning 3 yilini turmada ötaydigan böldi. Qolgan qismi umumiy tartibli koloniyalarda ötattiriladi. Şuningdek, BYD va Matiz avtomobillarini qonuniy egasiga qaytariş, sudlanuvçi Jalilovdan fuqaroviy da’vogar Rahimjonov foydasiga yetkazilgan moddiy zarar 80 ming AQŞ dollari (özbek sömida 1 mlrd 22 mln 180 ming söm) undiriş belgilandi.