Qozoğistonning Qarağanda oblastidan bölgan yoş futbolçilar, şuningdek, delegatsiyaning katta yoşli vakillari Toşkentda ovqatdan zaharlaniş belgilari bilan şifoxonaga yotqizildi. Ular Özbekistonga Do’stlik Cup 2026 nomli xalqaro futbol festivalida iştirok etiş uçun kelişgandi.
Qozoğistonning Özbekistondagi elçixonasiga köra, bu haqda elçixonaga 1-noyabr kuni maʼlumot kelib tuşgan. Konsul Saken Perdebekov darhol 5-sonli şahar klinik yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yetib borgan va jabrlanuvçilarning holidan xabar olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, 31-oktabr kuni mehmonxonada qilingan nonuştadan keyin bolalarning ahvoli yomonlaşgan.
Jami 19 kişi tibbiy yordam sörab murojaat qilgan. Ayni vaqtda 17 kişi şifoxonada qolmoqda, şundan 11 nafari bolalar, 6 nafari katta yoşlilar. Barça bemorlarning ahvoli barqarorligi va ularga zarur muolajalar körsatilayotgani qayd etilgan.
Kasalxonaga Qozoğiston elçisi ham taşrif buyurdi. U davolaniş jarayoni bilan tanişdi va jabrlanganlarning ota-onalari bilan uçraşdi. Tibbiy yordam körsatiş masalasi uning nazoratida, deyiladi xabarda.
Vaziyat Qozoğiston soğliqni saqlaş vaziri Akmaral Alnazarova va Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri birinçi örinbosari Otabek Imomovning nazoratida bölib turibdi.
Davolaş jarayoniga Toşkent tibbiyot akademiyasi professori, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari hamda boşqa tegişli ekspertlar ham jalb etilgan.
Taşkilotçilar ham jabrlanuvçilarga yordam körsatmoqda. Turnirning Instagram sahifasida jamoalar va ota-onalardan uzr söralgan. Taşkilotçilardan biri bu holat tört yildan ortiq vaqtdan buyon hamkorlik qilib kelingan mehmonxonada sodir bölganini taxmin qilgan.
Hozirda taşkilotçilar bemor bolalarning ahvoli yaxşilangaç, ularni samolyotda uylariga xavfsiz qaytariş ustida iş olib bormoqda.
Bundan taşqari, röy bergan vaziyat sabab musobaqaning birinçi bosqiçi taqdirlaş marosimi bekor qilinib, ikkinçi bosqiçni köçiriş yoki bekor qiliş masalasi körib çiqilmoqda.












