«Dunyo» axborot agentligining 5-noyabrdagi xabariga köra, J.U., M.J. va D.T. Özbekistonning Oqtovdagi Boş konsulxonasiga murojaat qilib, vatanga qaytişda yordam söragan.
Konsulxona murojaatlarni öz vaqtida körib çiqib, uç oilaga zarur kömak körsatgan.
Ayollar va ularning farzandlariga vatanga qaytiş guvohnomalari bepul rasmiylaştirilib, jami yetti nafar fuqaro Özbekistonga qaytarilgan.
Xabarda oilalar qanday sabablarga köra oğir vaziyatga tuşib qolganiga aniqlik kiritilmagan.











