Respublika muzeylari fondlaridagi muzey aşyolari va kolleksiyalarining saqlaniş holatini örganiş maqsadida xatlov işlari amalga oşirilmoqda.

Xatlov işlari davomida «Qöqon» davlat muzey-qöriqxonasi va uning filiallari hamda Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondlarida muzey aşyolari kamomadi aniqlandi.

Xususan, «Qöqon» davlat muzey-qöriqxonasi va uning filiallari, jumladan, Ğafur Ğulom nomidagi Qöqon adabiyot muzeyida 500 ga yaqin, Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida esa 16 dona fond hisobida mavjud bölgan eksponatlarning mavjud emasligi xatlov komissiyasi tomonidan qayd etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriş va tegişli çoralar köriş uçun hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.