Britaniyaning Reform UK öng partiyasi mamlakatdagi soliq tizimini özgartirişni taklif qilmoqda. Unga köra, özgarişlar boy odamlarni mamlakatdan çiqib ketmaslikka undaşi, çetga ketganlarni esa qaytişga rağbatlantirişi kerak. «Islohotçilar»ning fikriça, bu daromadi kam britanlarning ahvolini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Taniqli siyosatçi Nayjyel Faraj yetakçilik qiladigan partiya öz taşabbusini Britannia Card deb atagan, ammo köpçilik allaqaçon uni «Robin Hud soliği» demoqda.
Reform UK loyihasiga köra, Buyuk Britaniyada rezident maqomiga ega bölmagan boy odamlar yoki mamlakatga badavlat ekspat sifatida qaytayotganlar budjetga bir marta 250 ming funt sterling tölaşi kerak böladi. Bu ularni çet eldagi daromadlari va mol-mulkidan ön yil davomida Buyuk Britaniyaga soliq tölaşdan, meros soliğidan esa butunlay ozod qiladi.
Bunday usulda töplangan pullar töliq kam ta’minlangan britanlarni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi. Reform UK hisob-kitoblariga köra, heç bölmaganda 6 ming kişi Britannia Card’ni rasmiylaştirsa, budjetga 1,5 milliard funt kelib tuşadi va davlat 2,5 million kam ta’minlangan britanga yordam körsata oladi.
Farajning ta’kidlaşiça, mazkur holatda soliqlar balandligi tufayli hozirda mamlakatdan çiqib ketayotgan badavlat insonlar Buyuk Britaniyani tark etişga majbur bölmaydi. Kam ta’minlangan fuqarolar daromadiga esa har yili 600-1000 funt qöşimça pul oladi — davlat uşbu mablağlarni yilda bir marta daromadi kam britanlarning hisobraqamiga ötkazib beradi.
Ammo ayrim ekspertlarning hisoblaşiça, bu kabi sxema mamlakat uçun zarar keltirişi mumkin. Tax Policy Associated hisob-kitoblariga köra, «Robin Hud soliği» mamlakatni yiliga 34 milliard funtdan mahrum qiladi.












