Köp martalik Crew Dragon kemasi Axiom Space kompaniyasi dasturi doirasida tört nafar turist bilan Xalqaro kosmik stansiya (XKS) tomon uçib ketdi.
Qayd etilişiça, Crew Dragon kemasi SpaceX kompaniyasining Falcon 9 taşuvçi raketasi yordamida Floridaning Kanaveral burnidagi kosmik markazdan uçirilgan.
Ekipaj tarkibidan Axiom astronavti va NASA’ning sobiq astronavti, komandir Peggi Uitson, kema uçuvçisi, Hindiston vakili Şubanşu Şukla, Vengriya va Polşadan kelgan mutaxassislar Tibor Kapu hamda Slavoş Uznanski örin olgan.
Kema ekipaji ikki hafta davomida XKSda bölişi rejalaştirilgan. Bu vaqt davomida astronavtlar uning bortida 60 ga yaqin ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiradi.
Falcon 9 raketasi yordamida kemaning uçirilişi 29 mayda amalga oşirilişi kerak edi, ammo texnik sabablar, ob-havoning noqulayligi, şuningdek, statik sinov vaqtida suyuq kislorod oqib ketgani sabab u qoldirilgandi.
Axiom astronavtlarning birinçi tijoriy missiyasi 2022 yilning aprelida amalga oşirilgan. Avvaliga u 10 kunga möljallangan edi, ammo Florida sohillarida kuzatilgan noqulay ob-havo sabab tört nafar astronavt stansiyada rejadagidan bir hafta köproq vaqt ötkazdi. Axiom 1 missiyasi har bir a’zosining parvozi 55 million dollarga baholangan. Kosmik turistlar bilan parvozlarni yilda ikki-uç marta amalga oşiriş rejalaştirilgan.












