Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful fikriça, Rossiyaning Germaniya uçun xavfini e’tibordan çetda qoldirmaslik kerak. Bu haqda u 29 iyun, yakşanba kuni suhbatdan parçalarni çop etgan Funke media guruhiga bergan intervyusida ma’lum qildi. «Rossiya Germaniyadagi tinçlik va erkinlikdagi hayotimizga bevosita tahdid solmoqda», deb hisoblaydi Germaniya Taşqi işlar vazirligi rahbari.

Vadeful NATOning Haagadagi sammitida mudofaa va tegişli infratuzilmaga sarflanadigan xarajatlarni YaIMning 5 foizigaça oşiriş haqidagi qarorlarini «töğri va zarur» deb baholadi.

Uning fikriça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «ukrainaliklarning ruhiyatiga pala-partiş bombardimonlar bilan hujum qildi». «Ukraina erkinligi bizning yevropaliklar sifatida çidamliligimizning eng muhim sinovidir», — deya ta’kidladi Germaniya Taşqi işlar vazirligi rahbari.

Germaniya kansleri Fridrix Mers ham Germaniyani soxta xavfsizlik hissiga berilmaslik haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) media guruhi. Şvilovz (Brandenburg) şahridagi Bundesverning tezkor qömondonligiga taşrifi çoğida Mers mavjud xavf-xatarlar haqida ta’kidladi: «Biz erkinlik, tinçlik va xavfsizlik şaroitida yaşaş uçun köproq harakat qilişimiz kerak».

Avvalroq, NATO sammitining mudofaa xarajatlarini yalpi içki mahsulotning beş foizigaça oşiriş haqidagi qarorini şarhlar ekan, Mers Germaniya bu fonda yetakçilik rolini öz zimmasiga olganini ta’kidlagan edi. Kansler xarajatlarni oşiriş uçun Germaniya davlat qarzi böyiça konstitutsiyaviy çeklovni («qarz tormozi») töxtatib qöyişi kerakligini bildirdi.

NATOga eng katta hissa qöşuvçi ikkinçi davlat bölgan Germaniyaning bu qarori bölmaganida, «bugungi vaziyat boşqaça körinişga ega bölardi», deb ta’kidladi u. «Bu deyarli nizo va, ehtimol, butun NATOning jiddiy zaiflaşuvi bilan yakunlangan bölardi. Bu alyans tarixida qoladigan muhim kundir», deb xulosa qildi Fridrix Mers.