Xitoy 10 ming m² maydonda elektr ta’minoti tizimlarini öçirişga qodir qurolni işlab çiqdi. Körinişidan, bu elektr stansiyalari va elektr uzatiş liniyalarini öçirib qöyişi (blekaut) mumkin bölgan yangi turdagi grafit bombasi, deb yozdi The South China Morning Post (SCMP).
Yangi qurilma haqidagi videorolik mamlakat Markaziy televideniyesida namoyiş etildi. Bomba yerdagi transport vositasidan uçiriladi, keyin u havoda portlovçi 90 ta silindrsimon öq-dorilarni çiqaradi va yuqori voltli tarmoqlarda qisqa tutaşuvlarga olib keladigan ingiçka uglerod iplarini qoldiradi.
Qurolning zarba masofasi 290 kilometr, jangovar kallakning oğirligi esa 490 kilogrammni taşkil qiladi. Bombaning töliq texnik xususiyatlar oşkor etilmagan.
Avvalroq, Xitoy texnologik özgarişlarga moslaşuvçanlik va uruşning yangi usullarini namoyiş qilib, mamlakat «kelajakdagi uruşlarda ğalaba qozona olişini» isbotlaşga va’da bergan edi.
Ayrim işlanmalar, jumladan, aqlli dronlar va gipertovuşli qurollar 3 sentabr kuni Pekinda Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi şarafiga ötkaziladigan paradda namoyiş etiladi. Tadbirda kiberqöşinlar va elektron uruş kuçlari ham iştirok etadi.












