Qozoğistonning sobiq adliya vaziri Marat Beketayev mol-mulki musodara qilingan holda 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi rasmiy vakili Doniyor Bigaydarov ma’lum qildi, deb yozdi Kursiv.

– Sobiq adliya vaziri Beketayevning jinoiy işi firibgarlik, ayniqsa, yirik hajmdagi öğirlik, tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy iştirok etiş holatlari böyiça tergov qilindi, – dedi Bigaydarov.

U tergov tafsilotlarini keltirmadi, çunki jinoiy iş maxfiylaştirilgan.

Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi xodimlari Marat Beketayevni 2023 yil oktyabr oyida qölga oldi. Sobiq amaldor (2016-2022 yillarda Adliya vazirligi rahbari lavozimida işlagan) xorijga noqonuniy olib çiqilgan mulklarni topiş va qaytariş işi doirasida hibsga olingan.

«U keraksiz xizmatlarni körsatiş böyiça yillik şartnomalar tuzib, şu’ba kompaniya manfaatlarini himoya qilgan va bu bilan davlatga katta miqdorda zarar yetkazgan», deyilgan edi agentlik xabarida.

Bir neça kundan söng Boş prokuror örinbosari Aset Çindaliyev jurnalistlarga Beketayev Qozoğistondan qoçişga uringan vaqtda qölga olinganini aytdi.

Qozoğiston ommaviy axborot vositalari Adliya vazirligining sobiq rahbari Bolashak Consulting Group işiga aloqador ekani haqida yozdi. Jumladan, Beketayev dastlab bu işda guvoh sifatida, keyinçalik ayblanuvçi sifatida iştirok etgan. Uşbu kompaniya aktivlarni xorijga noqonuniy çiqargan.