Naşr xalqaro şarhlovçisi Yyeşi Seli TXIF-2025ga Hindiston kompaniyalarining yirik delegatsiyasi kelgani haqida ma’lum qilgan. Uning tarkibidan, xususan, Hindiston sanoatçilari konfederatsiyasi (Confederation of Indian Industries – CII), Indo Rama, WAPCOS, Larsen & Toubro (L&T) va boşqa kompaniyalar vakillari örin oldi.

"CII xalqaro forumga kon-metallurgiya sanoati, infratuzilmalar böyiça konsalting xizmatlari va iqtisodiyotning boşqa muhim tarmoqlari mutaxassislarini jalb qildi. TXIF-2025 doirasida taşkil etilgan tadbirlarda barça sohalarda yaratilgan qulay şaroitlarni inobatga olgan holda bugun Özbekistonga sarmoya kiritiş uçun eng qulay vaqt ekani haqidagi ğoya ilgari surildi", – deb ta’kidlagan jurnalist.

Business India muxbiri Hindistonning Özbekistondagi elçisi Smita Pantning quyidagi sözlaridan iqtibos keltirgan: "Hindiston va Özbekiston örtasidagi munosabatlar yuksaliş yönalişida rivojlanmoqda. Nodir minerallar, töqimaçilik, farmatsevtika, sun’iy intellekt, şuningdek, qimmatbaho toşlar va zargarlik buyumlari sohalarida özaro hamkorlikni kengaytiriş uçun barça imkoniyatlar mavjud".

Naşr öquvçilarining e’tibori 2024 yil sentabr oyida imzolangan ikki tomonlama investitsiya bitimi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlaş va işonçli investitsiya muhitini yaratişga xizmat qilayotganiga qaratilgan.

Hindistonlik jurnalist öz maqolasida "yaşil" energetika, infratuzilma loyihalari, turizm, ta’lim va boşqa sohalardagi özaro manfaatli şeriklik istiqbollarini ham batafsil yoritgan.