Italiyaning Bergamo aeroportidagi uçiş-qöniş yölagida baxtsiz hodisa yuz berdi — erkakni samolyot dvigateli tortib ketdi, deb xabar beradi Corriere della Sera.

Qayd etilişiça, noma’lum erkak politsiya ta’qibidan qoçayotgan bölgan. U maşinasini taşlab, aeroportning birinçi qavatidagi kutib oluvçilar zonasiga kirgan va xavfsizlik eşigi orqali uçiş-qöniş yölagiga çiqib borgan.

«Ma’lumotlarga köra, erkak yuklar topşiriladigan hududdagi eşikni buzib, uçiş-qöniş yölagiga yugurgan va parvozga tayyorlanayotgan samolyot yölidan çiqib qolgan», - deyiladi xabarda.

Samolyot dvigatelining aylanayotgan ulkan parraklari bir zumda erkakni öz içiga tortib ketgan va u halok bölgan. Şundan söng samolyot boşqaruvni yöqotgan, ammo uçuvçi havo kemasi harakatini öz vaqtida töxtatişga muvaffaq bölgan.

Uşbu voqeadan keyin aeroport vaqtinça yopilgan, barça reyslar bekor qilingan.