Rossiyada rus tilini xorijda tarğib qiliş böyiça tadqiqot ötkaziladi, deb yozdi «Vedomosti». 34,8 million rubllik tegişli tenderni Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi (VsIOM) yutib olgan.

Naşrning yozişiça, Taşqi işlar vazirligi topşiriği bilan VsIOM rus tilini xorijda, xususan, Ozarboyjon va Özbekistonda tarğib qiliş böyiça sotsiologik tadqiqot ötkazadi.

Rus tilini qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlar samaradorligi Venesuela, Hindiston, BAA va Xitoyda ham örganiladi.

2024 yilda VsIOM birinçi marta iş geografiyasini kengaytirib, Isroil, Hindiston, Qozoğiston, Xitoy, Kuba va Misrda rus tilining holatini örgangan edi.

Har bir davlatda kamida 1500 respondent onlayn sörovdan va kamida 1000 respondent telefon va şaxsiy suhbatlar orqali sörovdan ötkazilişi kerak. Tadqiqotning özi bilan bir qatorda, VsIOM çet elda rus tilidan foydalaniş körsatkiçlarini ekspertizadan ötkazişi va körsatilgan mamlakatlarda uning jozibadorligini oşiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqişi kerak.

Imtihonni tilşunoslik, xalqaro aloqalar, madaniyatşunoslik va ommaviy axborot vositalari sohasidagi 10 nafar mutaxassis olib boradi. Taşqi işlar vazirligi, «Rossotrudniçestvo», Ta’lim va fan vazirligi va boşqa tegişli idoralar çet elda rus tilini tarğib qiliş bilan şuğullanadi.

«Rossotrudniçestvo» ma’lumotlariga köra, 2023 yil böyiça Markaziy Osiyoning barça davlatlari orasida Qozoğiston rus tilidagi maktablar soni böyiça yetakçilik qilmoqda – 3606 ta. Özbekistonda ta’lim rus tilida olib boriladigan 1 mingdan sal köproq maktab, jumladan aralaş maktablar, Qirğizistonda – 751, Tojikistonda – 200, Turkmanistonda – 71 maktab mavjud.

Avvalroq, Ozarboyjonda rus tilida ta’lim beruvçi maktablar bosqiçma-bosqiç yopilişi haqida xabar berilgan edi.