Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan hal qilişning tinç yöllari yöq, deb hisoblaydi. «Diplomatik vositalar tugadi», dedi u Bundestagda budjet muhokamasi çoğida.

Mers Rossiyaning Ukrainaga sönggi, tungi, rekord darajadagi hujumini tanqid qildi va Kiyevni qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga va’da berdi.

Iyun oyi örtalarida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga qöşimça 1,9 milliard yevro ajratilişi rejalari haqida ma’lum qildi. Mablağlar uzoq masofali qurollar işlab çiqarişni rivojlantirişga yönaltiriladi.

Umuman olganda, Germaniya Ukrainaga 9 milliard yevro harbiy yordam beradi. Iyul oyi boşida Mers Ukraina Qurolli kuçlarini Moskvagaça yetib borişga qodir Taurus raketalari bilan ta’minlaş imkoniyati saqlanib qolayotganini aytdi. Şu bilan birga, uning qöşimça qilişiça, raketalarga xizmat körsatuvçi harbiylar tayyorgarlikdan ötişi kerak böladi va bu kamida olti oy davom etadi.