Tayvan Qurolli kuçlari ilk bor şahar jamoatçilik transportini jalb etgan holda, Xitoy hujumini qaytarişga tayyorgarlik körişga qaratilgan öquv maşğulotlarini ötkazmoqda. Bölinmalar Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarşi turişga tayyorlaniş va aholi xabardorligini oşiriş maqsadida poytaxt köçalarida «mudofaani uşladi».

Erta tongdan tankka qarşi Javelin raketa majmualari bilan qurollangan harbiy politsiya otryadlari Taybeydagi metro stansiyasidan çiqib keldi va yopiq turgan dökonlar oldidan ötib, jangovar pozitsiyani egalladi. Şaharning boşqa joylarida armiyaning frontorti qömondonligi öq-dorilar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berişda tezkor jamoat transporti tizimidan foydalandi.

Tayvanda harbiy öquvlar 41 yildan beri har yili ötkaziladi, ammo bu safar qömondonlik odatdagidan ança içkariga kirdi. Qöşinlar «jang maydonida omon qoliş» sinovidan ötkazildi —ssenariyga köra, Xitoy dengiz va havo kuçlari deyarli har kuni Tayvan suvlari yaqinida manyovr qilib, tösatdan raketa zarbalari beradi va desant tuşirişni amalga oşiradi. Bu safar 10 kun ötkaziladigan maşğulotlarning sönggi tört kuni butun mamlakat böylab uzoq davom etadigan janglarga tayyorgarlikka bağişlanadi.

Öquv maşğulotlariga zaxiradagi 22 ming kişi safarbar etilgan. Şuningdek, birinçi marta AQŞdan sotib olingan va Ukrainadagi jang maydonlarida yuqori samaradorligini namoyon etgan HIMARS reaktiv zalp öt oçiş tizimlaridan ham foydalaniladi.

Financial Times’ning yozişiça, şahar köçalaridagi operatsiya davomida gaubitsa va tank bir neçta avtomobil hamda suv minorasiga şikast yetgan, Patriot zenit-raketa majmuasi esa qayrilib oliş vaqtida tiqilib qolgan.