Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin Rossiya va Germaniya örtasidagi harbiy-texnik hamkorlik şartnomasini bekor qiliş töğrisidagi buyruqni imzoladi. Tegişli hujjat 18 iyul, juma kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi. Rossiya TIVga Germaniyani uşbu qaror haqida xabardor qiliş topşirildi.
Rossiya TIV kelişuvdan çiqiş niyatini iyun oyida e’lon qilib, u «Germaniya rasmiylarining oçiq duşman siyosati» tufayli «öz ma’nosi va amaliy ahamiyatini yöqotgani»ni bildirgandi. Vazirlik nemis hukumatini «nemis aholisini Rossiyaga qarşi ğoyaviy ruhda tarbiyalaşda» va «harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlaşuviga oçiqdan oçiq gijgijlaşda» aybladi.
1996 yil 14 iyunda Rossiya va Germaniya hukumatlari tomonidan imzolangan harbiy-texnik hamkorlik töğrisidagi bitim ikki davlat korxonalari, taşkilotlari va idoralari örtasida yordam körsatişni nazarda tutgan edi.
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan söng, Germaniya va Rossiya örtasidagi munosabatlar sovuq uruşdan beri eng past darajaga tuşib ketdi. Berlin Kiyevni Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşda faol qöllab-quvvatlaydi. Germaniya hukumatining rasmiy ma’lumotlariga köra, Germaniya Rossiya bosqinining boşidan beri Ukrainaga yordam sifatida 40 milliard yevrodan ortiq mablağ ajratgan.











