Ekipaj komandiri qarori bilan samolyot Urganç aeroportiga favqulodda qöngan. U yerda ona va yangi tuğilgan öğil bolani şifokorlar kutib olişgan. Oila tezkor tarzda mahalliy klinikaga yetkazilgan.

Uzbekistan Airways bu haqdagi rasmiy xabarida oilani farzandli bölgani bilan tabrikladi va ekipaj a’zolariga minnatdorlik bildirdi.

“Havo kemasi komandiri Mixail Ajgireviç, ikkinçi uçuvçi Eler Xoşimov. Bortkuzatuvçilar: Lyudmila Li, Alina Ibragimova, Diana Dyu, Intizor Yusupova, Şuhrat Ernazarov, Fozil Zuhurov, Feruza Rajarova va Şahzoda Nurullayeva. Şuningdek, reysda tasodifan bölgan va öz yordamini körsatgan şifokorlar – Dilbar Şeripbayeva va Dilşod Nortojiyevga alohida taşakkur bildiramiz.

Bulutlar orasida boşlangan hayot yöli parvozdek yengil va yoruğ bölsin!” – deyiladi aviakompaniya press-relizida.

Eslatib ötamiz, yanvar oyida UzAirways'ning Toşkent–Nyu York reysida ham çaqaloq dunyoga kelgan, samolyot favqulodda Islandiyaga qöngandi.