Saudiya Arabistoni çet elliklarga köçmas mulk sotib oliş şartlarini yengillaştiradi. Yangiliklar 2026 yil boşida kuçga kiradi.

Arab News xabariga köra, Qirollik rasmiylari xorijliklar bilan bitim tuziş mumkin bölgan manzillar röyxatini tayyorlamoqda. Rejalarda poytaxt Ar-Riyoz va Jidda şahri tilga olingan. Makka va Madinada ham qöşimça şartlar va mahalliy idoralar nazorati ostida uy-joy sotib oliş mumkin böladi.

Ilgari çet elliklar Saudiya Arabistonida faqat ikki holatda köçmas mulk sotib olişi mumkin edi: investor mamlakatda yaşaş guvohnomasiga ega bölişi yoki 1 million dollardan qimmatroq obektni sotib olişi.

Saudiya Arabistoni hukumati içki köçmas mulk bozorida taklif hajmini oşirişni rejalaştirmoqda. Şu bilan birga, Qirollik xorijdan global investorlar va developerlarni jalb qilmoqçi.

Qayd qilinişiça, Saudiya Arabistoni Yaqin Şarqdagi qöşnilari bilan şafqatsiz raqobatga duç keladi. Birlaşgan Arab Amirliklari uşbu sarmoyaviy bozorni ança oldin egallagan. Ummon, Bahrayn va Qatar – köproq erkinliklar tufayli investorlar va köçmas mulk xaridorlarining bir qismini öz tomoniga oğdirmoqda.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş «Vision 2030» dasturining bir qismi bölişi mumkin, deb yozdi Dubayning Gulf News naşri. Uşbu strategiya doirasida rasmiylar turizm va yangi şahar qurilişi orqali mamlakatning neft daromadlariga qaramligini kamaytirişga harakat qilmoqda. 2030 yilga borib Saudiya Arabistoni Qizil dengiz böyida mehmonxonalar va bir neçta yangi şaharlar qurilişiga qariyb 900 milliard dollar sarmoya kiritmoqçi.