Berlin va Oslo Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlaşni birgalikda moliyalaştiriş niyatida. 21 iyul, duşanba kuni Berlinda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan bölib ötgan uçraşuvdan söng Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore öz mamlakati Kiyev mudofaa qobiliyatiga «katta moliyaviy hissa» qöşişga tayyorligini ma’lum qildi. Qöşma bayonotda har ikki davlat tört yildan beri Rossiya harbiy tajovuzidan özini himoya qilib kelayotgan Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişini tasdiqladi.
Agentlikning ta’kidlaşiça, federal hukumat dastlab AQŞdan har biri bir milliard yevroga teng ikkita Patriot tizimini sotib olib, ularni töğridan töğri Ukrainaga yetkazib berişni rejalaştirgan. Biroq, tuzatilgan rejalarga köra, Bundesver özida mavjud bölgan töqqizta Patriot tizimidan ikkitasini avvalo Ukrainaga ötkazadi, keyinroq esa Qöşma Ştatlardan ularning örnini bosuvçi tizimlarni oladi. Özgartirişlar böyiça prinsipial kelişuvga allaqaçon erişilgan, ammo tafsilotlarni Vaşington bilan kelişib oliş kerak, dedi kansler Norvegiyaga xarajatlarning bir qismini öz zimmasiga olişga tayyorligi uçun «katta minnatdorçilik» izhor etib.
Germaniya kanslerining sözlariga köra, Germaniya va Norvegiya kelajakda xavfsizlik va qurollaniş sohasida yaqindan hamkorlik qiliş niyatida. Rossiya harbiy tahdidi munosabati bilan hamkorlikni çuqurlaştiriş zarur, dedi u Berlinda Yonas Gar Styore bilan qöşma matbuot anjumanida. «Zamonaviy suvosti kemalarini xarid qiliş, ulardan foydalaniş, öqitiş va texnik xizmat körsatiş sohasidagi hamkorligimiz yangi standartlarni örnatmoqda», deb ta’kidladi Mers. Öz navbatida, Styore energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş va qayta tiklanadigan energiya manbalarini izlaş zarurligini aytdi, deb xabar beradi AFP agentligi.
«Strategik texnologiyalar» sohasida Berlin va Oslo «birgalikda dunyo yetakçilariga aylaniş» niyatida, dedi Mers. «Norvegiya, masalan, Yevropaning koinotga mustaqil çiqişini ta’minlaşga asosiy hissa qöşadi», dedi federal kansler va Norvegiyani «kosmosga kiriş eşigi» deb atadi.












