Pokrovsk hududida rossiyalik piyodalar guruhlari bilan keçayotgan janglar haqida dastlab 21 iyul kuni DeepState OSINT-proyekti xabar bergandi.
«Duşman bir neça kun oldin brigadalardan birida piyodalar kamayib ketganidan, şuningdek, joylardagi vaziyat işonçsizligidan foydalanib, Zverevo orqali şahar içkarisiga kirib keldi. Vaziyat halokatli tus olmasligi uçun zudlik bilan 155-alohida mexanizatsiyalaşgan brigada va 68-alohida yeger brigadasi yigitlari vaziyatni önglaşiga töğri keldi», – deyiladi DeepState xabarida.
Loyiha mualliflari diversantlarni qidiriş va yakson etiş işlari davom ettirilayotganini qöşimça qilgan. Pokrovsk janubi-ğarbiy çekkasidagi Himoyaçilar köçasi ustidan nazorat uçun ham janglar ketmoqda. DeepState ma’lumotiga köra, rossiyalik diversantlar u yerda mustahkam örnaşib olişga hamda ukrain harbiylari maşinalariga pistirma qöyişga harakat qilmoqda.
BBC manbasi DeepState ma’lumotini tasdiqlagan: uning ma’lumotiga köra, brigadalardan biri avvaliga diversantlarni öz kuçi bilan töxtatişga uringan, ammo şaxsiy tarkibdagi yetişmovçilik tufayli buni uddalay olmagan.
Pokrovsk mudofaasi uçun mas’ul bölgan «Donetsk» guruhi 20 iyul kuniyoq aksildiversiya çoralari (şaharga yaqinlaşib kelgan rossiyalik diversantlarni aniqlaş va bartaraf etiş) amalga oşirilayotgani haqida bayonot bergandi.

GENYA SAVILOV/AFP via Getty Images
BBC Ukraina xizmati «Xortitsa» operativ-strategik guruhiga qöşimça izoh sörab murojaat qildi. U yerdagilar hozirda vaziyat operativ xavfsizlik nuqtayi nazaridan şarhlanmasligini ma’lum qilişgan.
BBC’ning Pokrovskni himoya qilayotgan harbiylar orasidagi öz manbasi rossiyalik diversantlar oldin ham şaharning janubiy va janubi-ğarbiy çekkalariga «kiriş»ni amalga oşirib kelganini aytib bergan. Ukrain harbiylari ularni muvaffaqiyat bilan yöq qilgan. Ammo bu safar vaziyat biroz boşqaçaroq.
Pokrovsk mudofaasi borgan sari qiyinlaşmoqda, çunki Rossiyaning asosiy kuçlari oldinga siljişga muvaffaq bölmoqda.
«Ilgari, jangovar töqnaşuv çiziği hali şaharga yetib kelmaganida, bu haqiqatan ham diversiya-razvedka guruhlari edi. Hozir esa çiziq deyarli janubi-ğarbiy çekkada joylaşgan. Ba’zilar şahar çekkasidagi rossiyaliklarning tölaqonli şturm guruhlarini diversiya-razvedka guruhlari bilan adaştirmoqda», – deydi manba.
Joriy yilning may oyidan beri Ukraina harbiylari Pokrovsk janubidagi «Şaxtyorskiy» mikrorayonida, şuningdek, şahar yaqinidagi Leontoviçi va Zverevo aholi punktlarida Rossiya diversiya-razvedka guruhlarini payqagan.
DeepState ma’lumotiga köra, bu safar ham rossiyaliklar Pokrovskka Zverevo posyolkasi orqali kirib kelgan.

Ukraina kuçlarining Pokrovsk rayonidagi logistikasi hozirda Rossiya dronlarining doimiy zarbalari ostida qolgan Pavlograd-Pokrovsk yöliga boğliq.
«Yöl orqali harakatlaniş mumkin, lekin faqat öz omadingizni sinab körgan holda. Kursk yönalişidagi tajribamga köra, logistika tugaşi bilanoq mudofaaga nuqta qöyiladi. U yerda ruslar bizga Sudjaga boradigan yölni dronlar bilan tösib qöyişgand va butun mudofaamiz tökilib ketgandi», – dedi Kursk oblastida jang qilgan harbiy BBC bilan suhbatda.
Uning qöşimça qilişiça, rossiyaliklarning Pokrovskka hujumlari şahar uçun jang boşlanganidan beri töxtagani yöq, Pokrovsk va qöşni Mirnograd allaqaçon deyarli yarim qurşov holatida qolgan.
«Rossiyaliklar Pokrovsk-Konstantinovka trassasini kesib qöyişga muvaffaq bölganidan söng, ular doimiy ravişda oldinga siljimoqda. Hozir şimol tomondan Mirnogradni aylanib ötişdi, keyin Pokrovskni aylanib ötişga urinişmoqda. Şahar atrofidagi konfiguratsiya şuni körsatadiki, yaqin oylarda u Baxmut va Avdiyivka taqdirini takrorlaşi mumkin», – deydi harbiy.

Kostiantyn Liberov/Libkos/Getty Images
Ammo hozir Ukraina mudofaa kuçlari Pokrovskda qolmoqda va şaharni nazorat qilmoqda.
U yerda hanuz mingdan ortiq tinç aholi istiqomat qiladi, ularni «Oq farişta» otryadi politsiyaçilari evakuatsiya qilişga urinmoqda. Lekin bu urinişlar qança uzoq davom etsa, şunça xavfli böladi.
Uruşdan oldin şaharda 60 mingdan ortiq aholi yaşagan.













