Hujjat mamlakatda neftning yangi manbalarini izlab topiş, qazib oliş va qora oltin importiga qaramlikni kamaytirişga yönaltirilgan bölib, qiymati taxminan 1 mlrd dollardan ziyod bölişi ta’kidlanmoqda.

24 iyul kuni Özbekiston Energetika vazirligi, Ozarboyjon Davlat neft kompaniyasi (SOCAR) va “Özbekneftgaz” AJ örtasida mahsulot taqsimoti böyiça bitim (PSA) imzolandi. Uning doirasida Ustyurt neft-gaz hududida geologik qidiruv işlari olib boriladi va keyinçalik uglevodorodlarni qaziş yölga qöyiladi.

SOCAR kompaniyasi Özbekiston hududidagi neft va gaz konlarini örganiş, qazib oliş hamda qayta işlaş jarayonlarida bevosita iştirok etadi. Bunda işlab çiqarilgan mahsulot miqdori ikki tomon örtasida kelişilgan uluşga köra taqsimlanadi. Mazkur tizim energetika sohasida xalqaro tajribada keng qöllanadigan mexanizm bölib, resurslarni samarali boşqariş imkonini beradi.

“Investorlar qatorida “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va SOCAR kompaniyasi teng uluş bilan iştirok etmoqda. Bu loyiha, birinçi navbatda, geologiya-qidiruv işlarini jadallaştiriş va uning asosida Ustyurt mintaqasining oltita massivida yirik neft zaxiralarini aniqlaşga qaratilgan.

Ustyurt hududida ayni vaqtda mavjud quduqlardan çuqurroq joylaşgan qatlamlarni qidirmoqdamiz, ya’ni çuqurligi 5000-6000 metr bölgan quduqlar qaziladi. Loyihaning qiymati uç xil ssenariy asosida hisoblanadi. Bu geologik qidiruv işlari natijasida topilgan zaxiralarga boğliq böladi. Qiymat bir milliard dollardan kam bölmasligi taxmin qilinmoqda”, – deydi «Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Bahodirjon Siddiqov.

SOCAR şartnoma doirasida uglevorod zahiralarini topiş va ularni qazib olişda eng sönggi texnologiyalardan foydalanadi va bu jarayonda ekologik xavfsizlikni ta’minlaş böyiça majburiyatlarni zimmasiga oladi. Xalqaro bozorda katta tajribaga ega mazkur kompaniya Ozarboyjonda qöllanayotgan ekologik standartlarni Özbekistonga olib kelişni, qazilma işlari davomida toza texnologiyalarni joriy qilişni rejalaştirmoqda.

“Ekologik xavfsizlik, dekarbonizatsiya va iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş faoliyatimizning asosiy yönalişlaridan biri hisoblanadi. Şu nuqtayi nazardan, biz 2050 yilgaça “nol emissiya” maqsadini qabul qilganmiz. Geologiya, quyi, örta va yuqori bosqiçdagi barça faoliyatlarimiz ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq tarzda olib boriladi. Özbekistondagi loyihalar ham hamkorlarimiz bilan birgalikda eng qat’iy ekologik me’yorlar va qoidalar asosida amalga oşiriladi.

Bu hamkorlik bizga, ya’ni SOCAR va “Özbekneftgaz”ga qöşma korxona sifatida uçinçi davlatlarga çiqiş imkonini beradi. Ya’ni biz bir-birimizga kömaklaşamiz, resurslarimiz, könikmalarimiz, imkoniyatlarimizni birlaştiramiz”, – deydi Ozarboyjon davlat neft kompaniyasi (SOCAR) prezidenti Rovşan Najaf.

Ma’lumot örnida, PSA davlat va investor örtasidagi şartnomaviy munosabatlarning maxsus şakli bölib, u neft va gaz operatsiyalari, şu jumladan, uglevodorodlarni qidiriş va qazib oliş böyiça mutlaq huquqni oladi. Investor qilingan xarajatlarni qazib olingan resurslarning bir qismi (tovon mahsuloti deb ataladigan) hisobidan qoplaydi, qolgan foydali mahsulotlar esa tomonlar örtasida kelişilgan uluşlarda taqsimlanadi.

SOCAR

SOCAR – Ozarboyjon Respublikasining milliy neft kompaniyasi bölib, neft va gaz mahsulotlarini qidiriş va qazib olişdan tortib qayta işlaş, taşiş hamda sotişgaça bölgan töliq işlab çiqariş jarayonini amalga oşiradi. Kompaniya Yevropa, Osiyo va Yaqin Şarqdagi strategik loyihalarda iştirok etib, xalqaro faoliyatini rivojlantirmoqda.

“Özbekneftgaz”

“Özbekneftgaz” AJ Özbekiston davlat energetika kompaniyasi hisoblanib, neft va gaz sanoatida geologik qidiruv va burğilaş, neft, gaz va neft-kimyo mahsulotlarini işlab çiqariş, qayta işlaş, taşiş hamda sotişgaça bölgan loyihalarni boşqarmoqda. Mamlakatdagi jami tabiiy gaz işlab çiqarişning 60% dan ortiği kompaniya hissasiga töğri keladi.

 Reklama huquqi asosida