Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni 68 yoşga töldi. Uning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar, yetakçi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, mamlakat hududlari va xorijdagi yurtdoşlardan samimiy qutlovlar keldi.
Maktublarda prezident rahbarligida Özbekistonda aholi farovonligini oşiriş, mamlakat barqarorligi va izçil taraqqiyotini ta’minlaş, uning xalqaro nufuzini mustahkamlaşga qaratilgan ortga qaytmas siyosiy islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanişlar dasturini samarali amalga oşiriş borasida erişilgan yuksak natijalar qayd etilgan.
Prezidentga mustahkam soğlik va mas’uliyatli davlatçilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Özbekistonning köp millatli xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Şavkat Mirziyovni tabriklagan yuqori martabali şaxslar:
Vladimir Putin, Rossiya prezidenti;
Si Jinping, Xitoy raisi;
Qosim-Jömart Töqayev, Qozoğiston prezidenti;
Sadir Japarov, Qirğiziston prezidenti;
Imomali Rahmon, Tojikiston prezidenti;
Serdar Berdimuhamedov, Turkmaniston prezidenti;
Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkman xalqining milliy yetakçisi;
Ilhom Aliyev, Ozarboyjon prezidenti;
Aleksandr Lukaşenko, Belarus prezidenti;
Rajab Toyyib Erdöğan, Turkiya prezidenti;
Abdulfattoh as-Sisiy, Misr prezidenti;
Li Çje Myon, Janubiy Koreya prezidenti;
Uxnaagiyn Xurelsux, Möğuliston prezidenti;
Aleksandr Vuçiç, Serbiya prezidenti;
Serjo Mattarella, Italiya prezidenti;
Nataşa Pirs Musar, Sloveniya prezidenti;
Mansur bin Zoid Ol Nahayon, BAA vitse-prezidenti;
Nursulton Nazarboyev, Qozoğistonning birinçi prezidenti;
Nikol Paşinyan, Armaniston boş vaziri;
Nurlan Yermekbayev, Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi;
Kubaniçbek Omuraliyev, Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi;
Sergey Lebedev, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi boş kotibi;
Asad Xon, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti boş kotibi;
Bakitjan Sagintayev, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi;
Odil Reno-Basso, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti;
Kerol Miller, AQŞ Kongressi a’zosi va boşqalar.












