Pekinda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi-Xitoy sammitida Yevropa Ittifoqi kengaşi raisi Antoniu Koşta Xitoyni Ukrainadagi uruşni tugatişga yordam beriş uçun Rossiyaga ta’siridan foydalanişga çaqirdi, deb xabar qildi AFP. «Biz Xitoyni BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zosi sifatida Rossiyaga ta’siridan foydalanişga çaqiramiz», dedi Koşta Xitoy raisi Si Jinpingga murojaat qilib.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen sammitda Yevropa Ittifoqi va Xitoy munosabatlarini qayta körib çiqişga çaqirdi. «Hamkorligimiz çuqurlaşgani sari nomutanosibliklar ham kuçaydi. Biz buriliş nuqtasiga yetdik. Ikki tomonlama munosabatlarimizni qayta körib çiqiş juda muhim», — dedi u ötgan yili rekord darajada 305,8 milliard yevroga yetgan Yevropa Ittifoqining savdo kamomadiga işora qilib.
Yevropa Ittifoqi va Xitoy «öz taşvişlarini tan olişlari va haqiqiy yeçimlarni taklif qilişlari kerak», dedi fon der Lyayyen.
Si Jinping bunga javoban YeIni «töğri strategik qarorlar» qabul qilişga çaqirdi. Bu Bryusselning Pekinga nisbatan tobora keskinlaşib borayotgan pozitsiyasiga yaşirin tanqid sifatida qaraldi, deya xabar beradi Reuters. Şu bilan birga, Si Jinping ta’kidlaganidek, har ikki tomon özaro kelişmovçiliklarga qaramay «umumiy til» topa oladi.












